Tuxel va Konte London derbisidan keyingi "qo'l siqish" uchun jazolanishdi
19 avg 2022 23:53
Yangiliklar
Tuxel va Konte London derbisidan keyingi "qo'l siqish" uchun jazolanishdi
APL 2-turidan o'rin olgan "CHelsi" - "Tottenxem" uchrashuvidan so'ng yuz bergan holat uchun ikki jamoa murabbiylari jazolanishdi. O'shanda Tomas Tuxel va Antonio Konte uchrashuv vaqtida Per-Emil Xeybergning golidan keyin bir-biri bilan tortishib qolishgandi. O'yin yakunlanganidan keyin esa qo'l siqish uchun borgan murabbiylarning janjali avj olib ketgandi. Hakam esa ikkala murabbiyni chetlatgandi.
Angliya futbol associaciyasining qaroriga ko'ra, Tomas Tuxel ushbu vaziyatda nisbatan nohaq deb topilgan. Tashkilot ushbu holat bo'yicha Tomas Tuxelga 35 ming funt jarima qo'lladi. Bundan tashqari, Tuxel bir o'yinga chetlatildi. Biroq, Antonio Konte esa faqatgina 15 ming funt jarimaga tortildi. Ammo Tuxelning chetlatilishi borasidagi qaror vaqtinchalik to'xtatib turiladi. Bunga sabab, tegishli tashkilot o'z qarorini yozma ravishda asoslab berishi kerak. Bu esa biroz vaqt talab etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Рўзиқул Бердиев: "Нефтчи" чемпион бўлса, қаҳрамонларни майдондан излаш керак эмас. Менинг ҳолатимга тушиб кўрсангиз биласиз"
Fikrlar