So’nggi yangiliklar

15:55Норвегия 99,9% ЖЧда! Эстонияга қарши кечган қийин ўйин тақдири 6 дақиқа ҳал қилинди!  0 15:35Миср ва Ўзбекистоннинг ўйин услублари ўхшаш бўлганми? Эктор Купердан жавоб  2 15:18А Сериянинг октябрдаги энг яхши футболчиси оғир жароҳат олди ва Африка Миллатлар Кубогини ўтказиб юборади  0 14:491995 йилги Нигерия билан ўйинлар, Кападзенинг дебюти, Наманганда меҳмон Уганда — Африка вакиллари билан ўйинларни эслаймиз  0 14:29Қатар ва Саудия Арабистони клублари Модричга даъвогарлик қилмоқда  0 14:00Абрамовнинг "Динамо"си тарих остонасида: ким совринли ўринлардан четда қолади?  7 13:38Меҳди Тареми: "Ўзбекистон даражаси нуқтаи назаридан кичик жамоа эмас, улар жуда сифатли футбол кўрсатади"  6 13:10Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди  10 12:52"Севинч" — 17 карра Ўзбекистон чемпиони!  3 12:31Рафинья индивидуал машғулотларга қайтди  1 12:04Миср етакчиларидан бири Ўзбекистонга қарши ўйнамайди  2 11:43Сака "Арсенал"нинг чемпионлиги ҳақидаги гап-сўзларга эътибор бермаслиги айтди  0 11:20Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида ўқув-машғулот йиғинига киришди  5 10:44"Манчестер Юнайтед" Германия терма жамоаси ҳужумчисини нишонга олди  0 09:53Месси шарафига "Камп Ноу"да унинг ҳайкали ўрнатилади  7

"Tushunmadim, bugun "Nasaf" nohaq g'alaba qozondimi?" - Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida jurnalistlar bilan tortishib ketdi Yangiliklar

"Tushunmadim, bugun "Nasaf" nohaq g'alaba qozondimi?" - Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida jurnalistlar bilan tortishib ketdi

O'zbekiston Coca-Cola kubogi yarim final bosqichidan o'rin olgan AGMK - Nasaf" (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.




- O'yin haqida

- Albatta, finalga chiqqanimizdan xursandmiz. Bugungi o'yinda yigitlar katta jasorat ko'rsatishdi, buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. Raqibga nisbatan o'yinni yaxshi tashkil qildik deb o'ylayman, shu sabab bugun g'alabaga erishdik. Biz ketma-ket ikkinchi yil shu maydonda kubok uchrashuvlarida maydonga tushyapmiz. O'tgan mavsumda mag'lubiyatga uchragandik. Bu yilgi mavsumda g'alabaga erishganimizdan juda xursandmiz. O'ylashimcha, bugun haqli g'alabaga erishdik. 70-80 daqiqa davomida safarda g'alabaga erishishni qahramonlik deb aytgan bo'lardim.

- O'yindagi hakamlik haqida nima deya olasiz?

- Agar hakamlar xato qilishdan qo'rqqanida o'sha vaziyatlarda qaror chiqarmagan bo'lardi. Bu erda faqat hakam emas, ko'pchilikning qarori evaziga vaziyatlar hal qilindi. Etiroz bo'lishi mumkin emas, hakamlar o'yinni yaxshi boshqarishdi.

- Umuman olganda, hakamlar haqida nima deya olasiz? VAR tizimida bugun sobiq "Nasaf"chi ishladi?

- Kelinglar, o'yin haqida gaplashaydik. Uchrashuv haqida savollar bo'lsa, marhamat.

- "Nasaf" maydonda 1 kishi kam qolganidan so'ng o'yinni cho'zishni boshladi. Bu boradagi fikringiz qanday?

- Men savollaringni tushunmadim. Bugun "Nasaf" nohaq g'alaba qozondimi? Rahmat, biz g'alabaga erishdik va bu natija bilan barchani tabriklayman.

Reyting: +69   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика