So’nggi yangiliklar

21:00Al Ain Cup. Ўзбекистон - Эрон (матнли трансляция)  31 20:59Криштиану Роналду Дональд Трамп билан учрашади  0 20:33Асилбек Алиев Осиё кубогига борса, бир нечта ўйинни ўтказиб юборади  16 19:25U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади  392 19:13Рейндерс: "Мен ЖЧ-2022ни диванда томоша қилганман. Бу сафар бутунлай бошқача бўлиши аниқ"  0 18:48Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Хитой билан муроса кўчасини танлади  7 18:20U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/4 финалга чиқса, тўпурарларимиздан бири майдонга туша олмайди  8 18:04Расмий хабар: "Андижон" Максим Шацких билан хайрлашди  35 17:33Трамп: "ЖЧ-2026 мисли кўрилмаган даражада муваффақиятли ўтиши учун барча нарсани ишга солиш ҳақида кўрсатма бердим"  1 16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  5 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  7 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  2 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  1 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  18 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1

Tursunov va "Istiqlol" o'z maqsadiga erishdi Yangiliklar

Tursunov va "Istiqlol" o'z maqsadiga erishdi

Bugun Eron chempionatida mavsum yakunlandi.

Oston O'runov o'ynayotgan "Persepolis" klubi Eron chempioni bo'lgani haqida xabar berdik. Jaloliddin Masharipov faoliyat olib borayotgan Tehronning "Istiqlol" klubi esa kumush medallarni qo'lga kiritdi.

O'zbekistonlik yana bir futbolchi Dostonbek Tursunov Xuzistonning "Istiqlol" jamoasiga Eron chempionatida jon saqlab qolishiga katta hissa qo'shdi. Tursunov klubga borib qo'shilganida "Istiqlol" 15 ta o'yinda 8 ochko to'plagan va 16 ta jamoa orasida so'nggi o'rinda edi. Himoyachimiz borganidan keyin Xuziston klubi 15 ta o'yinda 20 ochko jamg'ardi va mavsumni 14-o'rinda yakunlashga erishdi. Eron chempionatida 15 va 16-o'rinni band etgan jamoalar quyi ligaga tushib ketishadi.

SHamollab qolgani bois, Dostonbek Tursunov oxirgi o'yinda jamoasiga yordam bera olmadi. Klub rahbariyati ikkinchi davrada jamoa oldiga qo'yilgan vazifa bajarilganidan mamnun. Tursunov mazkur klub bilan iyun oyi oxiriga qadar shartnoma tuzgan edi va u tez orada erkin agentga aylanadi.

"Sog'ligimdagi kichik muammo tufayli so'nggi turda maydonga tusha olmadim, jamoa g'alaba qozonib ligada jon saqlab qolganidan barchamiz xursandmiz. Oldimizga qo'yilgan vazifani bajardik. O'zim ham o'yin amaliyotiga ega bo'ldim va sport formamni yaxshi darajaga olib chiqa oldim deb o'ylayman. Ayni paytda Eronning o'zidan 2-3 ta klubdan qiziqish mavjud. Biroz dam olib, keyin variantlarni o'rganib chiqamiz",- dedi Dostonbek Tursunov championat.asia saytiga.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика