"Turon"ga qo'shilib "Andijon" ham Superligani tark etishi aniq
21 noy 2021 18:36
Yangiliklar
"Turon"ga qo'shilib "Andijon" ham Superligani tark etishi aniq
Bekobodda "Metallurg"ga yutqazgan "Turon" klubi keyingi mavsumni Pro ligada o'tkazishi aniq bo'ldi.
Bundan tashqari o'z maydonida "Navbahor"ga mag'lub bo'lgan "Andijon" ham so'nggi turda qanday natija qayd etishidan qatiy nazar 13-o'rindan tepaga chiqa olmaydi.
Ayni paytda "Surxon" va "Metallurg" klublarida "Andijon"dan 3 ochkolik farq bor. Vodiy klubi so'nggi turda g'alaba qozonib bu klublaga etib olgan taqdirda ham o'zaro o'yinlarga ko'ra ulardan ustun bo'la olmaydi.
O'zaro o'yinlar:
Andijon - Surxon 1:0
Surxon - Andijon 2:0
Andijon - Metallurg 1:2
Metallurg - Andijon 2:0
Malumot uchun, reglamentga ko'ra 13 va 14-o'rindagi jamoalar to'g'ridan-to'g'ri Pro ligaga tushib ketishadi. 12-o'rinni egallagan jamoa esa 2 dekabr kuni pley-offda Pro ligada 3-o'rinni olgan "Olimpik" klubi mehmoni bo'ladi.
Superligada so'nggi tur bahslari 27 noyabr kuni bo'lib o'tadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar