So’nggi yangiliklar

13:41Ўзбекистон МТЖ Дубайга етиб борди  0 13:04Ўзбекистонлик ҳакамлар Франция ўйинида ишлайди  0 12:43Фабио Каннаваро штабида янгилик  8 12:23Эшитдик-да! "Олимпик" Пролига сўнгги тур ўйинига бормайди  9 12:11Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Малайзияга 11 та гол урди  3 11:45Аморим январда "Манчестер Юнайтед"ни кучайтиришга чақирди  2 11:21"Арсенал" ушбу мавсумда илк бор битта ўйинда иккита гол ўтказиб юборди  0 10:50Испанияда ирқчиликдан энг кўп азият чекаётган футболчи номи маълум. У Винисиус эмас  1 10:23"Барселона" "Боруссия" ҳимоячиси учун январда 40 миллион евро тўлашга тайёр  2 09:55Хаби Алонсо "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмаганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  7 09:27Левандовски Неймарни ортда қолдирди ва ПСЖ устозига етиб олди   0 09:20Иван Бошкович: "Натижадан қониқдим, ўйин борасида кучсизроқ эдик"  1 09:04Александр Ежов: "Хоразм" Суперлигада ўйнашга ҳақли жамоа"  2 08:58Туркияда ўйинларга пул тикиш бўйича янги тафсилотлар маълум бўлди  1 08:31"Балки биз чемпион бўлармиз." Гвардиола "Ливерпуль" устидан қозонилган йирик ғалабадан сўнг  4

"Turon" ustozi Denis Bushuev: "Men jamoalarni Birinchi, Pro yoki Superliga vakili deb ajratmayman" Yangiliklar

"Turon" ustozi Denis Bushuev: "Men jamoalarni Birinchi, Pro yoki Superliga vakili deb ajratmayman"

"Paxtakor"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:1) "Turon" ustozi Denis Bushuev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Denis Bushuev: "Bugungi o'yin haqida bir nima deyish qiyin. Penaltidan gol urganimizda bahs boshqacha yakunlanishi mumkin edi. Birinchi bo'limda raqib o'yinni nazorat qildi. Mayda paslar tufayli himoyadan chiqishga qiynaldik. Ikkinchi bo'limda oddiyroq o'ynab, uzun paslar orqali harakat qildik. Ikkinchi taymni yaxshi o'tkazdik. Mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, yigitlarga rahmat aytaman. Mashg'ulotlardagi mehnat ertami, kechmi, o'z so'zini aytadi va ochkolar to'plashni boshlaymiz.

- Nega yosh Abega Enyang Nguni maydonga tushirmadingiz?

- Bugun himoya qanotlarida ikki yosh futbolchi harakat qildi. Hammani birdaniga maydonga tushirib yuborishning iloji yo'q. Ushbu bahsga qilgan rejam asosida futbolchilarni maydonga tushirdim.

- SHohnazar Norbekov nega bugungi o'yin qaydnomasiga kiritilmadi?

- Qaydnomaga 19 nafar futbolchini kiritsa bo'ladi, bu bahsga boshqalarni tanladim. Lekin bu Norbekov jamoamizda ortiqcha degani emas, o'yinlar ko'p. Keyingi bahslarda uni asosiy tarkibda ko'rishimiz mumkin.

- Keyingi bahs Pro Liga vakili "SHo'rtan"ga qarshi bo'lib o'tadi.

- Men jamoalarni ajratmayman. Birinchi, Pro yoki Superligami har bir raqibga qarshi o'yin og'ir o'tadi. "Paxtakor" yuqorida, biz esa pastda edik, ammo o'yinni ko'rib, bunday demagan bo'lardingiz. "SHo'rtan"ga qarshi bahs engil kechmayd va uni o'z foydamizga yakunlashga urinib ko'ramiz.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика