So’nggi yangiliklar

10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  0 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  1 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  12 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  8 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  2 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  1 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  2 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  3 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  4 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0

"Turon" darvozaboni Polsha klubiga transfer qilindi Yangiliklar

"Turon" darvozaboni Polsha klubiga transfer qilindi

"Turon" futbol klubi tashkil etilganidan buyon hamisha o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yib keladi.

Xususan turli yoshdagi O'zbekiston terma jamoalariga munosib nomzod futbolchilarni etkazib berish, yosh iqtidorli futbolchilarni tayyorlash va kuchli xorijiy chempionatlarga transfer qilish, milliy chempionatlarimizda jamoaning munosib ishtirokini taminlash kabi vazifalar klub oldidagi asosiy vazifalardan sanaladi. Hozirga qadar jamoaning bir qator iqtidorli futbolchilari turli yoshdagi terma jamoalarimiz safiga chaqiruv olib kelayotganliklari bizni behad quvontirib kelmoqda.

2017 yil 5 may sanasida tashkil etilgan "Turon" xorij klublariga ilk transferini amalga oshirdi. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi safida bir nechta uchrashuvlarni o'tkazgan, Angliyaning nomdor "Bruk Xaus" akademiyasida tajriba o'tab qaytgan istedodli darvozabon Amal SHavketov endilikda Evropaga yo'l oladi. Yosh posbon Polsha chempionatining to'rtinchi dvizioni vakili hisoblangan "Narev" klubiga transfer qilindi.

Klub vakillari va barcha o'zbekistonlik futbol muxlislari nomidan Amal SHavketovning Polsha klubidagi faoliyatida omad va muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilab qolamiz", - deb yozadi "Turon" matbuot xizmati. 


Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика