So’nggi yangiliklar

18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  2 18:42"Ал Батаэҳ" — "Хорфаккан". Ғаниев асосий таркибда  0 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 17:13"Самахи" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  4 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  0 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  1 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  3 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  8 11:32Авазбек Ўлмасалиев: "Миллий терма жамоага илк маротаба чақирилганимдан хурсандман"  1

Turning markaziy o'yinida imkoniyatlar qanday? Yangiliklar

Turning markaziy o'yinida imkoniyatlar qanday?

4-turda "Mashal" va "Olmaliq" o'rtasidagi o'yin turning markaziy uchrashuvi bo'ladi desa hech kim ishonmagan bo'lar edi.
Bugun g'alaba qozongan jamoa vaqtinchalik bo'lsada turnir jadvalining birinchi pog'onasiga chiqib olishi mumkin.

Mashal (Muborak) – Olmaliq (Olmaliq)  
12 aprel 2015. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 17:00
Hakamlar
: V.Kovalenko, A.Marajabov, Z.Abdurahmonov, D.Muxtorov
Nazoratchi: I.Mustafin.
Imkoniyatlar: 50/50%



"Olmaliq" so'nggi 6 yilda safarda g'alaba qozona olmagan. Aksar o'yinlarda "Mashal"ning ustunligi bilan yakuniga etgan bu to'qnashuvda bugun boshqacha natija kuzatishimiz ham mumkin. "Olmaliq"dagi yagona muammo Gogolning qizil kartochka olganligi, ammo himoyada Islom Inomov mavsumni alo darajada boshlay olganligini takidlashimiz mumkin, u nafaqat himoyalanyapti, balki qanotdan amalga oshiriladigan hujumlarda ham ancha faol.

"Mashal" o'z maydonida o'ynaydi. Nima uchundir o'tgan yilgi juftlik, To'raev - Qo'ziboev tandemi bu yil unumsizdek. Biri gol ursa, ikkinchisi pas berar edi. Yangi mavsumda hali buni ko'rmadik. Balki raqib murabbiylari bu ikki futbolchini jiddiy o'rganishni boshlaganlari uchundir. Ajab emas, aynan bugun mana shu tandem natijasida gol ko'ramiz.


Qizilqum (Navoiy) – Paxtakor (Toshkent)
12 aprel 2015. Navoiy. "Yoshlar" stadioni. 17:30
Hakamlar:
A.Asimov, M.Saidqosimov (Toshkent), A.Snetkov, D.Jalimov.
Nazoratchi: G'.Karimov (Toshkent).
Imkoniyatlar: 45/55%



Nima uchun "Paxtakor" foydasiga 55 deysizmi? Jamoani so'nggi ikki o'yini, 2014 yilgi "Paxtakor"ni eslata boshladi. Iskanderov yana o'z formasiga kira boshladi, Sergeev esa ikki frontda ham birdek gol uryapti. OTJsiz qolgan futbolchilar nihoyat bor etiborlarini klubga qarata oldilar va buni "Al Ayn"dagi o'yinda ham ko'rdik.

Bugun Navro'z Alimov ilk marotaba o'zi to'p tepkan klubga qarshi maydonga tushishi mumkin bo'ladi. Avvalgi mavsumda "Paxtakor" darvozasini ishg'ol qilganini muxlislar eslasalar kerak.

Xuddi shunday, "Paxtakor"ga qarshi Bahriddin Vahobov ham o'ynaydi. Ishtaxasi ochilgan "qariya" bugunga kelib bitta xet-trik va dublni rasmiylashtirib ulgurdi.


Buxoro (Buxoro) – Nasaf (Qarshi)
12 aprel 2015. Buxoro. "Buxoro" stadioni. 17:30
Hakamlar
: V.Serazetdinov, R.Nugmanov, D.Saylalov, A.SHukurullaev.
Nazoratchi: A.Xotamov.
Imkoniyatlar: 45/55%



Buxorolik muxlislar qachon jamoamiz g'alaba qozonadi degan savolni o'zlariga berib kelyaptilar. Aksiga olib bu turdagi raqib ham ancha jiddiy, OCHLda alamli mag'lubiyatga uchragan "Nasaf"ni yaralangan sherga o'xshatish mumkin. Lekin "Buxoro" qachondir g'alaba qozonishi kerak, o'sha g'alaba bugun bo'ladimi? Lekin bu juda ham qiyin. Jamoada bu yil bironta futbolchi yarq etib ko'zga tashlanayotgani yo'q. Mochinov jamoaviy o'yinni shakillantirmoqchi bo'lyapti, ammo maydonning holati bunga to'siqlik qilyapti. Aslida bunday maydonda alohida bir futbolchini ko'zga tashlanishi ham qiyin. Ammo bu o'yinda bitta penalti ko'rsak ajablanmaymiz. Boisi oddiy, g'adir-budur maydonda hamma o'z baxtini penaltidan topgisi keladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика