So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  15 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  19 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Turkman derbisida “Axal”ning g'alabali seriyasiga chek qo'yildi Yangiliklar

Turkman derbisida “Axal”ning g'alabali seriyasiga chek qo'yildi

Turkmaniston chempionati 2-turining kechiktirilgan uchrashuvida chempionat peshqadami “Axal” klubi “Ashxobod” stadionida amaldagi mamlakat chempioni “Oltin Asr” jamoasini qabul qildi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Mamlakat chempionatining markaziy uchrashuvi – “turkman derbisi” maqomi ostida o'tadigan “Axal” – “Oltin Asr” jamoalari uchrashuvi aslida taqvim bo'yicha 11 mart sanasida o'tishi lozim edi. Ammo TFF qarori bilan bu o'yin boshqa sanga qoldirildi. “Oltin Asr” bilan bo'ladigan o'yinga qadar “Axal” ketma-ket to'rt o'yinda g'alaba qozonib kelayotgandi. Bu jihat ham bellashuvga bo'lgan qiziqishni yanada orttirishi tabiiy edi. Mamlakatning ikki kuchli jamoasi o'rtasidagi bellashuvni 1500 nafar tomoshabin bevosita stadiondan turib kuzatib bordi.

Uchrashuvda hisobni 6-daqiqada “Oltin Asr”ning sobiq hujumchisi Murod Yaxshiev ochdi. 29-daqiqada “Oltin Asr” forvardi Oltimurod Annadurdiev oradagi muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida Mixail Titov “Axal” darvozasini ishg'ol etib, jamoasiga g'alaba keltirdi-1:2.

SHu tariqa “Axal”ning to'rt o'yindan buyon davom etayotgan g'alabali seriyasiga chek qo'yildi. SHuningdek, Xo'jaahmad Arazov jamoasi ilk bor chempionat bahslarida o'z darvozasidan gol o'tkazib yubordi.

Ushbu g'alabadan keyin “Oltin Asr” 9 ochko to'plab, turnir jadvalining uchinchi pog'onasiga ko'tarildi. “Axal” esa 12 ochko bilan hamon jadvalda etakchilik qilmoqda. 

«Oltin Asr» – «Axal» – 2:1 (1:1)

30 aprel 2020 yil. Ashxabad. «Ashxabad» stadioni. 1 500 tomoshabin.

GollarOltimurod Annadurdiev 29, Mixail Titov 57 — Murad Yaxshiev 6.

OgohlantirishAxmed Ataev 38 — Ilya Tamurkin 27, Ixlas Saparmamedov 31, Bayramniyaz Berdiev (murabbiy) 36, Serdar Annao'razov 44.

Uchrashuv hakamiAkmurat Kurbanov (Ashxabad).

Qanot hakamlarAxmed Begnazarov (Marv), Polvan Polvonov (Toshhovuz).

Zaxira hakami: Arslan Goshshanov (Tejen).

Uchrashuv nazoratchisiMaqsad Seyitkuliev (Ashxabad).

Uchrashuv komissari: Berdimurad Nurmuradov (Ashxabad).

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика