Turkiya Superkubogi. "Fenerbaxche" futbolchilari "Galatasaroy"ga qarshi o'yinning boshida maydonni tark etishdi va o'yinni oxiriga etkazishdan bosh tortishdi
07 apr 2024 23:55
Yangiliklar
Turkiya Superkubogi. "Fenerbaxche" futbolchilari "Galatasaroy"ga qarshi o'yinning boshida maydonni tark etishdi va o'yinni oxiriga etkazishdan bosh tortishdi
"Galatasaroy" va "Fenerbaxche" jamoalari o'rtasidagi Turkiya Superkubogi o'yini bir necha daqiqa davom etdi.
"Fenerbaxche" o'yinga U19 jamoasini qo'ydi. Ilk daqiqadayoq "Galasataroy" forvardi Mauro Ikardi to'p kiritdi.
SHundan so'ng "Fenerbaxche" futbolchilari maydonni tark etishdi, klub esa o'yinni oxiriga etkazmasliklarini malum qilishdi.
"Galatasaroy" – "Fenerbaxche" 1:0
Gol: 1:0 – 1 Ikardi.
"Galatasaroy": Muslera, Ayxan, Bardakji, Nelsson, Ken, Torreyra, Kutlu, Aktyurkoglu, Yilmaz, Mertens, Ikardi.
"Fenerbaxche": Akyuz, Akchichek, Karayazi, Okan, Imre, Dursun, Arkutchu, Akyildiz, Fedai, Kayaarasi, Demirel.

O’xshash yangiliklar
14:36
"Barsa" yozda Levandovskining o'rniga top-forvardni sotib olishni o'ylamoqda, nomzodlar ham malum 9
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar