So’nggi yangiliklar

19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  1 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  8 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  14 13:22Андреа Пирло Дубай жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  3

Turg'unboev masalasida kurashayotgan "Paxtakor" va "Navbahor" endi "Nasaf" etakchisi uchun raqobatga kirishdi Yangiliklar

Turg'unboev masalasida kurashayotgan "Paxtakor" va "Navbahor" endi "Nasaf" etakchisi uchun raqobatga kirishdi

O'zbekiston terma jamoasi va "Nasaf" azosi Odiljon Hamrobekovning xizmatlariga ikkita klub jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Ayni paytda "Navbahor" va "Paxtakor" Hamrobekovning transferini sotib olish bo'yicha "Nasaf" bilan muzokaralarga kirishgan. Hozircha "Nasaf" aniq bir to'xtamga kelgani yo'q. Agarda futbolchining transferi bo'yicha hech bir klub "Nasaf"ni qiziqtiradigan taklif bildirmasa, unda Hamrobekov jamoada qolish ehtimoli ham yo'q emas.

Ko'p narsa futbolchining xohishi va transfer borasida qaysi klub "Nasaf"ga maqul keladigan taklifni bildirishiga bog'liq. "Nasaf" va Hamrobekov o'rtasidagi bitim 2019 yil yakuniga qadar mo'ljallangan. Agarda futbolchi jamoada qoladigan bo'lsa, katta ehtimol kelasi yili erkin agent sifatida yangi jamoaga o'tib ketishi mumkin. "Nasaf" esa hozir Hamrobekov transferidan mo'maygina pul ishlab olishi ham mumkin.

Yana bir jihati shuki, jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev "Nasaf" rahbariyati oldiga etakchiga aylangan yoshlarni jamoada saqlab qolish shartini qo'ygan.

Yaqin 1-2 kun ichida Odiljon Hamrobekovning kelgusi faoliyati qaysi jamoa bilan bog'lanishi malum bo'lishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, 1996 yilda tug'ilgan asli namanganlik bo'lgan "Nasaf" akademiyasi tarbiyalanuvchisi Odiljon Hamrobekov 2018 yilda Xitoyda o'tkazilgan Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati g'olibi hisoblanadi. Futbolchi Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan.

Hamrobekov 2013 yildan boshlab "Nasaf" jamoasining asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi. Futbolchi "Nasaf" safida ichki chempionatda hozirga qadar 100 uchrashuvda maydonga tushgan va 2ta gol muallifiga aylangan.

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика