So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  3 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  2 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  41 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

Turdaliev, Yorbekov, Kamolov va bir qator futbolchilar “Cementchi” yig'inida Yangiliklar

Turdaliev, Yorbekov, Kamolov va bir qator futbolchilar “Cementchi” yig'inida

Joriy mavsum yana birinchi ligaga qaytgan Quvasoyning “Cementchi” jamoasi birinchi bosqichdayoq ko'pchilikning etiborini tortdi.

Abdumalik Hakimov va Ilhom Zaylobidinov boshqaruvidagi jamoa ikkinchi bosqich bahslariga ham katta ishtiyoq bilan tayyorgarlik ko'rmoqda. Murabbiylar shtabi davralar oralig'idagi tanaffusdan unumli foydalangan xolda, tarkibga yangi futbolchilarni qo'shib olishni maqsad qilgan.

Xususan so'nggi yillarda “Buxoro” darvozasini qo'riqlab kelayotgan Farrux Turdaliev ayni damda quvasoyliklarning yig'inida bo'lib turibdi. Asli farg'onalik bo'lgan futbolchi, davralar oralig'ida buxoroliklar bilan xayrlashgandi.

Undan tashqari “Neftchi”ning yoshlar jamoasida o'ynab kelayotgan yarim himoyachilar Jahongir Dadaboev, Nodirxon Kamolov va Abdullajon Mirzaev ham “Cementchi”ga ijara asosida o'tdi.

Birinchi liga qatnashchisi “Kosonsoy”dan esa iqtidorli futbolchi Davlatbek Yorbekov ham bugungi kunda quvasoyliklarning mashg'ulotlarida qatnashmoqda. SHuningdek birinchi ligada “Qo'qon-1912” tarkibida xarakat qilgan va oxirgi paytlarda jamoasiz yurgan Davron Mamatov ham o'z omadini “Cementchi”da sinab ko'rishga ahd qilgan.

Yuqorida nomlari keltirib o'tilgan futbolchilar hozircha ko'rikdan o'tayotganini takidlash lozim.

Jamoa safini tark etgan futbolchilar ham yo'q emas. SHerdor Turonov, Asliddin Soipov, Asliddin Isroilov, Rustam Abduhamidov, Xojimurod Nasriddinov kabi futbolchilar bilan xayrlashildi.

Bugun “Cementchi” Farg'onada sinov-nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Farg'ona davlat universiteti stadionida (sobiq “Spartak”-muallif) ikkinchi liga qatnashchisi “Futbol-Info”ga qarshi kechgan o'yinda 2:2 hisobi qayd etildi.

Gollarga quvasoyliklardan Akmali Rahimzoda bilan Davlatbek Yorbekov mualliflik qilgan.

Islombek Rustambekov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика