So’nggi yangiliklar

08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  0 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  0 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  7 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  11

Tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Tur ramziy terma jamoasi

Superliganing 2-turi ramziy terma jamoasi bilan tanishib chiqing.

Tur davomida o'zlarining yorqin o'yinlari va jamoa g'alabasiga qo'shgan hissalaridan kelib chiqqan holda o'z poziciyasida eng yaxshi bo'lgan futbolchilar iborat 4-3-3 sxemasi asosida jamoa tuzib chiqildi.

Unga ko'ra, "Surxon"ga qarshi  o'yinda 4 marotaba jamoasini muqarrar gollardan qutqargan va bir bora penaltini bartaraf etgan "Dinamo" posboni Botirali Ergashev darvozaga qo'yildi. Himoyachi chizig'ida "Andijon"  jamoasi himoyachisi Bobur Amonov o'ng qanotga, "Surxon" himoyachisi Vladimir Bubanya markazga "Qo'qon-1912" mudofaa vakili Mako Milich bilan tandem xosil qildi. CHap qanot himoyasiga esa "Bunyodkor"ga qarshi bahsda faol o'ynagan "Paxtakor" azosi Farruh Sayfiev qo'yildi.

O'rta chiziq, yani markaziy yarim himoyaga "Nasaf" xavbeki, "So'g'diyona"ga qarshi o'yinni juda faol o'tkazgan va gol urgan Bobur Davlatovni qo'ydik. "Navbahor" bilan o'yinda juda faol o'ynagan Diyor Turopov ham ramziy terma jamoaga loyiq ko'rildi. SHuningdek, markazdagi uchlikni "Metalurrg" azosiga aylangan va "Buxoro" bilan o'yindagi dastlabki golga hammualliflik qilgan Bahrom Abduraximov qo'yildi.

Hujum chizig'i uchligida esa mazkur turda eng yaxshi futbolchilar qatorida tilga olingan va jamoalariga g'alaba keltiruvchi gollarni urgan Elguja Grigalashvili, Temurxo'ja Abduxoliqov va Dragan CHeran joylashdi.


Tur ramziy terma jamoasi (4-3-3):

Darvozabon: Botirali Ergashev ("Dinamo")

Himoyachilar: Bobur Amonov ("Andijon"), Vladimir Bubanya ("Surxon"), Marko Milich ("Qo'qon-1912"), Farruh Sayfiev ("Paxtakor")

Yarim himoyachilar: Diyor Turopov ("Lokomotiv"), Bobur Davlatov ("Nasaf"), Bahrom Abduraximov ("Metallurg")

Hujumchilar: Elguja Grigalashvili ("Qizilqum"), Temurxo'ja Abduxoliqov ("Lokomotiv"), Dragan CHeran ("Paxtakor").

Superliga, 2-tur: Aktamovning haloskori - Elguja, uch xil natija bo'yicha yagonalikni saqlab turgan jamoalar va boshqa tafsilotlar haqida (tur sharhi) 

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика