So’nggi yangiliklar

17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  1 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  0 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  0 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  5 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  91 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  3 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  1 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  6 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  4 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  2 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  99

Tungi arxiv. #5 - Zinedin Zidan Yangiliklar

Tungi arxiv. #5 - Zinedin Zidan

Moziy yulduzlari haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.


Bu galgi qahramonimiz futbol afsonasi Zinedin Zidan bo'ladi.


Zinedin Zidan haqida qisqacha malumot:

Tug'ilgan sanasi: 1972 yil, 23 iyun.
Tug'ilgan joyi: Franciya, Marsel shahri.
Bo'yi: 185 sm
Poziciyasi: yarim himoyachi
O'ynagan jamoalari: "Kann" (1988-1992), "Bordo" (1992-1996), "Yuventus" (1996-2001), "Real" (2001-2006)
Murabbiylik faoliyati: "Real Madrid Kastilya" (2014-...)



Zinedin Zidan jahon futbolida o'z nomiga ega kam sonli futbolchilardan biri hisoblanadi. Zidan o'z faoliyati davomida juda katta yutuqlarga erishgan. Zidan professional futbolchilik faoliyatini Franciyaning "Kann" jamoasida boshlagan.
Bu jamoada Zidan futbolchi sifatida ulg'aygan bo'lsa, oradan to'rt yil o'tib "Bordo"ga o'tadi va bu jamoada Zidan futbolchi sifatida yanada shakllanadi. Zidan Franciya chempionatidagi 8 yillik faoliyatidan so'ng Italiya grandi "Yuventus"ga yo'l oladi. Zinedin Zidan Turindagi faoliyati davomida yuksak darajadagi mahorat sohibi ekanligini ko'rsatdi va aynan "Yuve"da Zidan yanada yangi pog'onaga chiqishga muvaffaq bo'ladi. "Yuventus"dagi ishtiroklari orqali Zidan jahon futboli yulduzi darajasiga chiqadi.


Zinedin Zidan 1998 yilgi Jahon chempionatida Franciya terma jamoasi bilan katta muvaffaqiyat qozonadi. Mundial finalida Franciya terma jamoasi Braziliya bilan duch keladi. Finalda qahramonimiz Zidanning qahramonligi evaziga Franciya Braziliyani mag'lub etadi va Jahon chempioni nomini qo'lga kiritadi.


Zidan esa aynan o'sha yilda ilk bor "Oltin to'p" sohibiga aylanadi.

Zidan bu muvaffaqiyatlar bilan to'xtab qolmaydi. Qahramonimiz jahon chempionligi va jahonning eng yaxshi futbolchisi bo'lganidan so'ng Franciya terma jamoasi bilan Evropa chempionatida ham zafar quchadi.
Evro-2000da Zidan etakchiligidagi francuzlar finalda Italiyani mag'lub etishni uddasidan chiqishadi. Terma jamoaning bu muvaffaqiyatida Zidanning xizmatlari juda katta bo'lgan.



Zidan Franciya terma jamoasi safidagi eng sermahsul mavsumini aynan JCH-1998 hamda Evro-2000da o'tkazgan.

"Yuventus" bilan Italiyada, UEFA kubogi, qitalararo musobaqasida zafar quchgan va "Oltin to'p"ni ikki marta qo'lga kiritgan Zidan keyingi faoliyatini Madridning "Real" klubi bilan bog'laydi. "Real" jahon darajasiga ko'tarilgan Zizuni juda katta pullar evaziga sotib oladi va bu transfer amalda o'zini oqlaydi.


Sababi, Zidan "Real"ga Ispaniya chempionatida g'olib bo'lish va Evropa chempionlar ligasini qo'lga kiritilishida juda muhim rolni o'ynaydi. Evropa chempionlar ligasi finalida "Bayer" darvozasiga kiritgan fantastik gol yakunda "Real"ga bosh sovrinni olib beradi.

Zidan "Real"da besh mavsum to'p tepganidan so'ng nihoyat butsalarini mihga ilishga qaror qiladi. "Real" bilan deyarli barcha sovrinlarga ega chiqqan Zizu JCH-2006dan so'ng faoliyatini tugatishga qaror qilganini malum qiladi.

Zidanning futbolchilik faoliyatidagi finishi eng yirik musobaqa finaliga to'g'ri keladi. Germaniyada o'tgan mundial finaliga yo'l olgan Franciya hal qiluvchi bahsda Italiyaga qarshi saf tortadi.

Finalda esa bosh qahramon Zizu bo'ladi. Finalda penaltidan hisobni ochgan Zinedin Zidan Franciyani oldinga olib chiqadi. Biroq Italiya himoyachisi Marko Materacci burchak zarbasidan so'ng muvozanatni tiklaydi va asosiy vaqtda g'olib nomi aniqlanmaydi.
Qo'shimcha taymlarda esa final qahramoni bo'lib turgan ikki futbolchi Zinedin Zidan va Marko Materacci o'zaro tortishib qolishadi. Zinedin Zidan esa Italiya terma jamoasi himoyachisi Marko Materaccini ko'kragiga "kalla" qo'yadi. Zizuning futbolchilik faoliyatidagi so'nggi nuqtasi finaldagi qizil kartochka va "kalla" qo'ygani bilan esda qoladi. Bir kishi kam bo'lib qolgan Franciya esa yakunda penaltilar seriyasida Italiyaga imkoniyatni boy beradi.

Zidan esa faoliyatini aynan shu notada yakunlab juda katta shov-shuvga sabab bo'ladi.

Zidan bir so'z bilan aytganda futbol olamida juda katta shaxs. Zizu erishgan yutuqlar, sovrinlarga erishishni har qanday futbolchi orzu qiladi.

Zidanning to'p bilan muomalada bo'lish sanati, o'zgacha did bilan harakatlanishi va fantastik texnikasini har qanday ishqiboz sog'inadi.



Erishgan yutuqlari:

- "Intertoto" kubogi (1995)
- Italiya chempioni (1997, 1998)
- Qitalararo kubogi sohibi (1996, 2002)
- Italiya superkubogi (1997)
- UEFA superkubogi (1996, 2002)
- Ispaniya chempioni (2003)
- Ispaniya superkubogi (2001, 2003)
- Evropa chempionlar ligasi g'olibi (2002)
- Jahon chempioni (1998)
- Evropa chempioni (2000)
- Qirol Hassan kubogi sohibi (1998, 2000)



Zinedin Zidanning shaxsiy yutuqlari:

- "Oltin to'p" sohibi (1998, 2000, 2003)
- Evropaning eng yaxshi futbolchisi (1998)
- Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi (2006)
- UEFAning so'nggi 50 yillikdagi eng yaxshi futbolchisi (2004)
- Franciyaning eng yaxshi yosh futbolchisi (1993)
- Italiya chempionatining eng yaxshi legioneri (1997, 2000, 2001)
- Ispaniya chempionatining eng yaxshi legioneri (2002)
- Franciyaning eng yaxshi futbolchisi (1998, 2002)
- Jahonning eng yaxshi pleymekeri (2006)



Bu esa 43-yoshli Zinedin Zidan. Qahramonimiz hozirgi paytda "Real"ning yoshlar jamoasi "Kastilya"ni boshqarib bormoqda


Tungi arxiv. #1 - Gabriel Batistuta

Tungi arxiv. #2 - Yap Stam

Tungi arxiv. #3 - Valderrama

Tungi arxiv. #4 - Mirjalol Qosimov


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика