So’nggi yangiliklar

02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  3 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  1 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  4 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  4 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  4 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  20 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  2 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  14 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  1

Tug'ilgan kunini nishonlayotgan "sehrli tayoqcha" Yangiliklar

Tug'ilgan kunini nishonlayotgan "sehrli tayoqcha"

"Nasaf" yarim himoyachisi bugun 33 yoshga to'ldi.

Bazilar mavsumda 30 talab gol urgani uchun qadr topsa, ayrimlarning didi nisbatan nozikligi va faqat hal qiluvchi gollarni urib yurishi esda qoladi. Masalan, Eder Lopishni hujumchi sifatida Ronaldu yoki Nani bilan qiyoslash imkonsiz, ammo 2016 yilgi Evropa birinchiligi haqida gap ketsa, xayolga beixtiyor Franciya darvozasini ishg'ol qilayotgan qora tanli futbolchi keladi. 

Bahrom Abdurahimovni ham shundaylar sirasiga kiritsak bo'ladi. Etibor qiling, shahrixonlik futbolchi gol urgan oxirgi 17 ta o'yinda uning jamoalari yutqazmayapti. Bunaqasi so'nggi bor 2017 yilning 4 iyulida sodir bo'lgan edi ("Bunyodkor" 3:2 "Nasaf"). 

SHu tufayli bu mavzuga chuqurroq to'xtalishga qaror qildik. U 2017 yilning kuzidan keyin o'z nomiga 17 ta gol yozdirib qo'ydi.

"Nasaf" tarkibida

1. "Obod" 0:6 "Nasaf" (2017 yilgi mavsum, 22-tur)

2. "Nasaf" 2:0 "Qizilqum" (2017 yilgi mavsum, 23-tur)

3. "Nasaf" 3:0 "Dinamo" (2017 yilgi mavsum, 25-tur)

4. "Nasaf" 2:0 "Metallurg" (2017 yilgi mavsum, 27-tur)

5. "Nasaf" 4:0 "Paxtakor" (2017 yilgi mavsum, 29-tur)

"Paxtakor" safida

6. "Paxtakor" 2:1 "Metallurg" (2018 yilgi mavsum)

"Metallurg"da

7. "Metallurg" 4:1 "Qizilqum" (2019 yilgi mavsum, 4-tur)

8. "Qo'qon-1912" 2:3 "Metallurg" (2019 yilgi mavsum, 21-tur)

AGMK libosida

9. AGMK 1:0 "Mashal" (2020 yilgi mavsum, 6-tur)

10. AGMK 4:0 "Andijon" (2020 yilgi mavsum, 24-tur)

11. "Lokomotiv" 0:3 AGMK (2020 yilgi mavsum, nimchorak final)

12. AGMK 1:0 "Nasaf" (2020 yilgi mavsum, yarim final)

"Navbahor"da 

13. "Navbahor" 2:1 "Mashal" (2021, 10-tur)

"Nasaf" tarkibida

14. "Nasaf" 5:0 "Bunyodkor" (2021, 20-tur)

15. "Surxon" 2:2 "Nasaf" (2021, 19-tur)

16. "Nasaf" 3:1 "Qo'qon-1912" (2021, 24-tur)

17. "Paxtakor" 1:2 "Nasaf" (2021, kubok finali)

Ayni paytda tavallud ayyomini nishonlayotgan Bahrom Abdurahimovga uzoq umr va sihat-salomatlik tilaymiz. Muhim gollarni urishdan charchamasin. Tabriklaymiz!

Mavsum kashfiyoti katta futboldagi debyutini esladi

Muallif :
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика