Trent: "Mavsumdagi eng muhim o'yin"
17 dek 2023 17:19
Yangiliklar
Trent: "Mavsumdagi eng muhim o'yin"
"Xoh uyda, xoh safarda bo'lsin, bu mavsumdagi eng muhim o'yin. Bu uchrashuv boshqalaridan ajralib turadi. Albatta, ayni damda jamoalarning maqsadlari turlicha. Biroq jamoalar qaysi o'rinlarda bo'lishidan qatiy nazar muxlislar uchun principiallik doimo saqlanib qolgan.
O'zgacha o'yin. Bu "Enfild"! Muxlislar ham, futbolchilar ham bu o'yinni doimo kutishadi. Bu muhim o'yin, buni barcha yaxshi biladi. Bu o'yindagi hissiyotlar boshqa o'yinlardagidan boshqacharoq bo'ladi. Balki, bu mavsumda eng ko'p ko'rilgan o'yinimiz bo'lishi ham mumkin. CHunki bu dunyo miqyosidagi bahs.
Faqatgina g'alaba kerak. Bu asosiysi. SHunday kayfiyat bilan maydonga tushaman. Odamlar MYUning hozirgi holati, klubning ichidagi gaplar va natijalar haqida ko'p gapirishmoqda. Albatta, bunga etarlicha sabablar bor. Biroq futbolchilar uchun faqatgina futbol o'yini kerak.
SHunchaki biz jadvalda etakchi bo'lib turganimiz uchun hisob 1:0 bilan boshlanmaydi. Ilk hushtak chalinganida tabloda hisob 0:0 bo'ladi, ikki tomonda 11 nafardan futbolchi maydonga tushadi va bir xilda imkoniyat taqdim qilinadi.
Bunday uchrashuvlarda jamoalarning qanday holatda ekanligi hech nimani anglatmaydi. Gap kim kuchliligida emas, kim vaziyatlaridan yaxshi foydalana olishida", - dedi Trent.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar