Transfermarkt va Championat.Asia Superligada oktyabr oyining eng yaxshilarini aniqlashdi
06 noy 2024 16:00
Yangiliklar
Transfermarkt va Championat.Asia Superligada oktyabr oyining eng yaxshilarini aniqlashdi
So'rovnomada Championat.Asia sayti jurnalistlari, Transfermarkt portalining rus bo'limi xodimlari ishtirok etishdi. Ekspert sifatida Sport telekanali sharhlovchisi Otabek Jo'raev taklif etildi.
Yakunlangan oyda Superliganing eng yaxshi murabbiyi deb Fevzi Davletov tan olindi. Uning boshchiligidagi "Surxon" uchta o'yinda ikkita g'alabaga erishdi ("Lokomotiv" 2:1 va "So'g'diyona" 4:2), shuningdek safarda O'zbekistonning yangi chempioni "Nasaf" bilan durang o'ynadi (1:1). Davletov 42% ovoz oldi, 26% ovoz olgan "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev esa ikkinchi bo'ldi.
"Surxon" hujumchisi Abdug'afur Haydarov oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 19 yoshli hujumchi birinchi to'laqonli mavsumni o'tkazmoqda. Uchta o'yinda Haydarov beshta gol urdi: "Nasaf" va "Lokomotiv"ga bittadan, "So'g'diyona"ga qarshi bahsda esa xet-trik qayd etdi. Haydarov so'rovnomada 68% ovoz oldi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar