So’nggi yangiliklar

00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  0 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  0 00:10Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" (матнли трансляция)  27 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  1 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8

Transfermarkt va Championat.Asia O'zbekistonda 2022 yil yakunlarini sarhisob qildi Yangiliklar

Transfermarkt va Championat.Asia O'zbekistonda 2022 yil yakunlarini sarhisob qildi

Ikki sayt hamkorligida olti nominaciya bo'yicha g'oliblar aniqlab olindi.

Hujumchi Bobir Abdixoliqov yil o'yinchisiga aylandi. U 2022 yilgi mavsum Belarusning "Energetik-BGU" jamoasida 32 ta o'yinda 26 ta gol urdi va 7 ta assist qayd etdi. SHu sabab Bobirning transfer narxi oshdi va endilikda 1 mln evroga baholanmoqda.



Toshkentning "Olimpik" jamoasi ustozi Timur Kapadze yil murabbiyi bo'ldi. Uning qo'l ostida faqatgina yosh o'yinchilardan tashkil topgan jamoa Superligadagi ilk mavsumidayoq oltinchi o'rinni egalladi. "Olimpik" O'zbekiston chempionatida mavsum davomida bir necha bor g'alabaga erishdi va nomdor raqiblardan ochko oldi. Bundan tashqari, yosh mutaxassis Olimpiya termasi bilan U-23 Osiyo Kubogi finalchisiga aylandi.



Abbosbek Fayzullaev eng yaxshi yosh o'yinchi bo'ldi. "Paxtakor"ning 19 yoshli xavbeki 32 ta o'yinda 8 ta to'p kiritdi hamda 2 ta golga assistentlik qildi. Fayzullaev gollaridan birini "Al Taavun"ga qarshi OFK CHempionlar Ligasidagi o'yinda urdi.



Eng yaxshi darvozabon "Navbahor"dan O'tkir Yusupov bo'ldi. U 37 ta o'yinda o'z darvozasidan jami 21 ta to'p olib chiqdi va o'z hisobiga 20 ta "quruq" o'yin yozdirib qo'ydi. Yusupov 2022 yilda O'zbekiston terma jamoasining birinchi raqamli darvozaboniga aylandi, Rossiya, Qozog'iston va Kamerunga qarshi raqiblarga qarshi o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.


SHuningdek, eng yaxshi erkak va ayol futzalchilar ham aniqlandi: bu nominaciyalarda Husniddin Nishonov va Maxliyo Sarikova munosib deb topildi. Nishonov BMB tarkibida mamlakat chempionati va Kubogini yutdi, shuningdek, O'zbekiston terma jamoasiga futzal bo'yicha Osiyo Kubogining bronza medallarini olishga yordam berdi. Uning hisobida O'zbekiston chempionatida 31 ta uchrashuvda 23 ta gol bor. 



Sarikova "Sevinch" jamoasi tarkibida 20 ta o'yinda 18 ta gol urdi va mamlakat chempioniga aylandi.


Yil o'yinchisi – Bobir Abdixoliqov ("Energetik-BGU")

Yil murabbiyi – Timur Kapadze ("Olimpik")

Eng yaxshi yosh o'yinchi – Abbosbek Fayzullaev ("Paxtakor")

Eng yaxshi darvozaboni – O'tkir Yusupov ("Navbahor")

Eng yaxshi erkak futzalchi – Husniddin Nishonov (BMB)

Eng yaxshi ayol futzalchi – Maxliyo Sarikova ("Sevinch")

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика