So’nggi yangiliklar

23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  1 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  0 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  24 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  16

Transfermarkt va "Championat.asia" may oyining eng yaxshilarini aniqlashdi Yangiliklar

Transfermarkt va "Championat.asia" may oyining eng yaxshilarini aniqlashdi

Ikki saytning say-harakatlari bilan oyning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi aniqlandi.

Ovoz berishda "Championat.asia" va Transfermarkt portalining rus bo'limi xodimlari, ekspert sifatida O'zbekistondagi taniqli futbol sharhlovchisi Otabek Jo'raev ishtirok etdi.

Oston O'runov katta farq bilan Superligada may oyining eng yaxshi futbolchisiga aylandi. "Navbahor"ga qaytgan "Spartak" va "Ufa" sobiq futbolchisi yuqori samaradorlik namoyish etmoqda. O'runov may oyida 4 ta o'yinda 3 ta gol urdi. Unga respondentlarning 52 foizi ovoz berdi. Ostonning eng yaqin taqibchilari "So'g'diyona"dan Zenan Zaimovich va "Andijon"dan Rubin Xebay undan ko'proq (4 tadan gol) urganiga qaramay, har biri 17 foizdan ovoz to'pladi.

Qizg'in kechgan kurashda Transfermarkt va "Championat.asia" talqinlari bo'yicha may oyining eng yaxshi murabbiyi unvoni "So'g'diyona" ustozi Ivan Boshkovichga nasib etdi. Uning qo'l ostida jamoa qisqa vaqt ichida quyi ligaga tushib ketish zonasidan chiqib keta oldi. May oyida "So'g'diyona" 4 ta uchrashuvda 3 ta g'alabaga erishdi. Boshkovich uchun respondentlarning 34 foizi ovoz bergan bo'lsa, ikkinchi o'rinni 30 foiz ovoz bilan "Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan egalladi (4 ta uchrashuv, 3 ta g'alaba, 1 ta durang).


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика