So’nggi yangiliklar

01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  7 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  2 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  11 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  3 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5

Transfermarkt va Championat.Asia mart oyining eng yaxshilarini aniqlashdi Yangiliklar

Transfermarkt va Championat.Asia mart oyining eng yaxshilarini aniqlashdi

2022 yildan buyon ikki sayt hamkorlikda O'zbekiston chempionatida oyning eng yaxshi murabbiyi va eng yaxshi futbolchisini aniqlab kelmoqda.

So'rovnomada Championat.Asia xodimlari, Transfermarkt portalining rus bo'limi vakillari va taklif etilgan ekspert ishtirok etadi. Bu safar ekspert sifatida O'zbekiston terma jamoasi sobiq darvozaboni Eldorbek Suyunov qatnashdi.

Mart oyida Superliganing eng yaxshi murabbyi deb «Andijon» ustozi Aleksandr Xomyakov tan olindi. U 65% ovoz oldi, uning eng yaqin taqibchisi (Aleksandr Stoymirovich «Lokomotiv») – 19% ovoz oldi. Xomyakov qo'l ostida «Andijon» chempionatning dastlabki 4 ta turida 2 ta g'alaba va 2 ta durang qayd etdi. 8 ochko to'plagan jamoa musobaqa jadvalining 2-pog'onasida bormoqda.

Superliganing mart oyidagi eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun o'tkazilgan so'rovnomada «Navbahor» hujumchisi Toma Tabatadze g'olib chiqdi. Gruziyalik hujumchi dastlabki 4 ta o'yinda raqiblar darvozasiga 6 ta gol urdi. Tabatadzega 35% ovoz berildi. Ikkinchi o'rinni (27% ovoz) «Andijon» hujumkor yarim himoyachisi Bektemir Abdumannonov egalladi, u 4 ta turda 4 marta golli uzatmani amalga oshirdi.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика