"Tottenxem"ni 4 nafar futbolchi tark etdi
05 iyu 20:00
Yangiliklar
"Tottenxem"ni 4 nafar futbolchi tark etdi
Yafet Tanganga, Rayan Sessenon, Erik Dayer va Ivan Perishich bilan shartnoma muddati tugaydi.
Londonning "Tottenxem" klubini 4 nafar futbolchi tark etdi, deya xabar berdi Fabricio Romano.
Xabarlarga ko'ra, himoyachilar Yafet Tanganga va Erik Dayer, shuningdek, yarim himoyachilar Ivan Perishich va Rayan Sessenon bilan shartnoma yakunlangan va ular erkin agent hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Erik Dayer va Ivan Perishich joriy mavsumni ijara asosida Germaniyaning "Bavariya" va Xorvatiyaning "Xayduk" klublarida o'tkazgan. Yafet Tanganga 2023/24 yilgi mavsum "shporlar" libosida 18 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan bo'lsa, Rayan Sessenon faqat 1 marta maydonda ko'rinish berdi.
Fikrlar