So’nggi yangiliklar

13:18"Пахтакор" — "Динамо". Таркиблар маълум  0 13:15Бектемир Абдуманнонов: "Бу ғалабани раҳматли бувимга бағишлайман"  0 12:21Ўзбекистон кубоги тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 11:56"Месси ПСЖда вазият расво бўлганини айтди". "Шарлотт" собиқ ўйинчиси Лионель билан суҳбат ҳақида  4 11:24"Реал" собиқ хавбеки Гаго топ-клуб бош мураббийига айланади  0 10:47Кечаги учрашувда "Ливерпуль"нинг бир йўлла икки нафар асосий таркиб футболчиси жароҳат олди  2 10:10Ортиқча баҳоланган футболчилар рўйхати тузиб чиқилди  8 09:33Салоҳ учун асосий даъвогар жамоа маълум  0 09:00Саудия чемпионати. "Ал Наср" - "Ал Оруба" 3:0, Манеда дубл Роналдуда 1+1  0 08:56Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Динамо"ни меҳмон қилади  3 08:13"Реал Мадрид" етакчиларидан бири учун мавсум якунланди  5 07:42Футзал. Бугун финал!  4 02:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"га имконият қолдирмади  18 01:42А Серия. "Интер" — "Торино" ўйинида 5та гол урилди  2 01:29БАА чемпионати. "Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Ғаниев 62 дақиқа ўйнади  1

"Tottenxem" va "Yuventus" o'rtasidagi 5 farq Yangiliklar

"Tottenxem" va "Yuventus" o'rtasidagi 5 farq

Teglar :  TottenxemYuventus
Pochettino jamoasi matematikada mag'lub bo'ldi.

ECHLning 1/8 finalidagi o'yinlar hisoblarini oldindan aytib bo'lmasdi. CHorak finalga chiqishni birinchi uchrashuvdayoq uddalaganlar ham bo'ldi, undagi ikkinchi bahslar esa shunchaki rasmiyatchilik uchun o'tkaziladi. "SHporlar" va "keksa sinoralar" shunday tizimda o'ynashdiki, g'olib jamoa jasoratli, ishtiyoqmand ko'rindi.

"Tottenxem" "Yuventus"ga qarshi jangga chiqqan suvoriydek o'ynadi. Ha, ular tezkor, reaktiv o'ynashdi, biroq bu keyingi bosqichga chiqishga etmadi. "Yuve" birinchi bo'limni himoyada o'tkazdi, keyinchalik qandaydir 3 daqiqa ichida keyingi bosqich masalasini hal qilib yubordi. Oddiygina matematikaga ko'ra, turinliklar 3,3 foiz kuch sarflashdi. Bu esa qanday bo'lganini o'zlari bilishadi.

TAJRIBA>YOSHLIK

"Tottenxem" ECHLda qatnashayotgan eng yosh jamoalardan biri. Jamoaning muhim futbolchilari 25 yoshga ham kirmagan. Bu fakt, demak yoshlik katta bahslarda tajribaga imkoniyatni boy bermoqda. Albatta, har haftada APLda, keyin ECHLda og'ir o'yinlarni o'tkazish oson emas. "Tottenxem" Turinda o'z imkoniyatini saqlab qolishni uddalagandi. Biroq yoshlarning "yoqilg'isi" bir soatga ham etmadi, oqibatda "shporlar" yutqazdi. 90 daqiqada Iguain va Dibala juftligi zarba bergan vaqtida yosh himoyachilar yaxshi o'ynay olishmadi.

Tajribali "Yuventus" esa atigi 3 marta darvoza tomon zarba yo'llagan va shularning ikkitasidan foydalana olgan.

TEZLIK>ANIQLIK


"Tottenxem"-2018ning asosiy sifati - tezlik. "SHporlar"ning oyoqlari deyarli har bir bahsda tinmaydi, "Yuventus" ham shular jumlasidan. Italiya jamoasi esa faqatgina sifatga etibor berishmoqda, kutishadi, kuch saqlashadi va bir bora hujumga o'tib, gol urishadi. Balkim bunda asosiy rol raqibning o'yinidir, biroq uchrashuv davomida "Yuventus" kabi o'ynash ham juda qiyin.

"Yuventus" ortiqcha harakat qilmadi, o'z yarim maydonida kuchni saqladi. Sababi "shporlar" ustidan g'alaba qozonish kerak. Bu vaqtda argentinalik hujum tandemi raqib himoyasini yorib o'tish uchun yo'llar izladi, himoya esa bo'sh edi. Yo'lni Iguain topdi, keyinchalik buni Dibalaga ham o'rgatdi. Iguainning Pauloga bergan pasida himoyaning bo'sh o'yini ko'rinib qoldi, Dibala esa aniqlik bilan darvozani ishg'ol etdi. Bu bilan u o'zini boshqa top-jamoalarga ko'z-ko'z qilgan bo'lsa ham ajab emas. Tomosha qilishga arziydi!

HIMOYA>HUJUM

Bu ko'pchilik uchun oddiy. To'pni ushlab turish, ketma ket berilgan zarbalar, juda ko'p bo'lgan burchak zarbalari mezbonlarga yordam bermadi. Ular bir hil harakat qilishdi, turfalik ko'rinmadi.

Butun dunyo futbolida bir qoida bor: hujumdan ko'ra himoyaga katta etibor berish kerak. Murabbiylar jamoani aynan himoyadan qurishni boshlashadi, hujumkor futbolchilar esa keyinroq topib olinaveradi. Eng yaxshi himoya qo'rg'oni esa manaman degan hujumchilardan qudratliroq va qimmatroqdir. Garchi "Yuventus" Bonuchchini sotib yuborgan bo'lsa-da, hali ham ideal darajadagi orqa chiziq vakillariga ega. Bu esa italiyalik jamoani keyingi bosqichga olib chiqishda muxim rol o'ynadi.

IGUAIN+DIBALA>KEYN+ALLI+SON+ERIKSEN

Argentinalik tandem ikki golning asoschilari bo'ldi. Igauin gol urdi, chiroyli pas oshirib berdi. London jamoasining kvarteti orqali bir to'p kiritildi. 2 > 1. "Yuventus" > "Tottenxem".

ALLEGRI > POCHETTINO

Endi umumiy detallarga o'tamiz. Buni tushuntirish va tushunish juda qiyin. Biroq Turinning g'alabasida Massimiliano Allegrining falsafasining o'rni katta. Kichik o'zgarishlar, tarkibga, taktikaga berilgan ishlov "keksa sinora"ning joniga oro kirdi va yakuniy g'alabani keltirdi.

Pochettino jamoasida esa zaxira etishmadi va o'yinni nazorat qilishda xatolikka yo'l qo'ydi. Uning oldida vaziyatni to'g'rilash uchun yarim yildan kamroq vaqt bor, biroq endi ECHLda o'ynashmaydi.

"Yuventus"ning yaxshi kayfiyat ("Lacio" ustidan qozonilgan g'alaba va "Napoli"ning mag'lubiyati) yanada ko'tarildi. "Tottenxem" endi APLda o'z kuchini namoyish etadi va 2-o'rin uchun kurashadi. "Keksa sinora" esa Angliya jamoasiga futbolni qanday o'ynash kerakligini tushuntira oldi.

Mirjalol Normatov

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика