"Tottenxem" va "Barselona" "Arsenal" hujumchisiga qiziqmoqda
28 iyu 17:36
Yangiliklar
"Tottenxem" va "Barselona" "Arsenal" hujumchisiga qiziqmoqda
"Barselona" va Londonning "Tottenxem" klublari rahbarlari ushbu yozgi transfer oynasida "Arsenal"ning braziliyalik hujumchisi Gabriel Jezusni sotib olishi mumkin.
"Caught Offside" xabariga ko'ra, Kataloniya klubi 28 yoshli braziliyalikni polshalik Robert Levandovskiga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. "Shporlar"ning fikricha, Jezus shu yozda MLS'ga o'tishi mumkin bo'lgan koreyalik Son Xyon Minga muqobil bo'la oladi.

Mutaxassislar hozirda Jezusning transfer qiymatini 32 million evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, Gabriel Jezus o'tgan mavsum "kanonirlar" tarkibida Angliya chempionatida 17 o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar