APL. "Fulxem" "Tottenxem"dan ustun keldi, MYU esa o'n kishi bo'lib qolgan "Kristal Pelas"ni mag'lub etdi
01 mar 21:15
Yangiliklar
APL. "Fulxem" "Tottenxem"dan ustun keldi, MYU esa o'n kishi bo'lib qolgan "Kristal Pelas"ni mag'lub etdi
"Fulxem" birinchi bo'limdayoq "shporlar" darvozasiga ikkita to'p kiritdi. Gollarga Xarri Uilson va Aleks Ivobi mualliflik qildi. "Tottenxem" bunga 66-daqiqada Risharlisonning aniq zarbasi bilan javob berdi. Ikkinchi o'yinda esa Maksans Lakrua 4-daqiqadayoq londonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo, aynan u 56-daqiqada qizil kartochka olib, jamoasini qiyin vaziyatda qoldirdi. MYU esa bundan unumli foydalandi. Brunu Fernandesh (penaltidan) va Benyamin Sheshkoning gollari "qizil iblislar"ga g'alaba olib keldi.
"Manchester Yunayted" 28 o'yindan so'ng 51 ochko bilan jadvalda uchinchi o'rinda bormoqda, "Aston Villa" ham huddi shuncha ochko jamg'argan. Turnir jadvalida "Arsenal" 61 ochko bilan etakchilik qilmoqda, ikkinchi o'rindagi "Manchester Siti" hisobida 59 ochko mavjud.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar
allplayda setanta sport ko'rinmay qoldimi sizlarda ham.