"Tottenxem" Keynni "Real"ga qo'yib yubormaslik uchun bir ish qilmoqchi
28 dek 2017 12:24
Yangiliklar
"Tottenxem" Keynni "Real"ga qo'yib yubormaslik uchun bir ish qilmoqchi
"Tottenxem" rahbariyati joriy mavsum yakunlanganidan so'ng jamoa hujumchisi Garri Keynning maoshini oshirib bermoqchi.
"SHporlar" 24 yoshli forvardni "Real"ga qo'yib yubormaslik uchun bu ishni amalga oshirmoqchi.
Agar bu sodir bo'lsa, Keynning maoshi 2014 yildan beri 4 marta oshgan bo'ladi. Hujumchi hozir "Tottenxem"ning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi (haftasiga 110 ming funt).
Keyn "Sautgempton"ga qarshi APLning 20-tur uchrashuvida (5:2) xet-trik qayd etdi va yil davomida Angliya chempionati bahslarida gol urish bo'yicha SHirerdan, bir yilda darvozani ishg'ol qilish bo'yicha Lionel Messidan o'tib ketdi.
Fikrlar