"Barselona" Bundesliga yulduzlaridan birini sotib olmoqchi
02 dek 01:56
Yangiliklar
"Barselona" Bundesliga yulduzlaridan birini sotib olmoqchi
Kataloniyaliklar "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland va "Atletiko" forvardi Xulian Alvaresni diqqat bilan kuzatgan bo'lsa-da, Marca xabariga ko'ra, bu transferlarni amalga oshirish deyarli imkonsiz hisoblanadi. Klub hali juda qimmat transferlarni amalga oshira olmasligini tushunadi va shunga ko'ra markaziy hujumchi poziciyasi uchun realroq variantlarga o'tmoqda.
Robert Levandovskiga o'rinbosar bo'la oladigan o'yinchilar ro'yxatiga "Bavariya" forvardi Xarri Keyn va "Borussiya" Dortmund hujumchisi Seru Girassi kirgan. Markaziy hujumchi olish katalonlar uchun ustuvor vazifa hisoblanadi.
Shu bilan birga, "Barsa" hozirgi mavsumda ko'p gol o'tkazilayotgani sababli chapaqay markaziy himoyachi transferiga ham qiziqmoqda. Klub vinger olishni ham o'ylayapti.
"Barselona" transfer bozorini kuzatishda davom etadi va bu nomlardan tashqari boshqa alternativalarni ham ko'rib chiqadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Суперлига. Голи инобатга олинмаган ва бир киши кам қолган "Пахтакор" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотганига қарамай, мавсумни иккинчи ўринда якунлади
Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаев гол урди!
Fikrlar