So’nggi yangiliklar

01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  1 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  1 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  3 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  24 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  4 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1

"Tottenxem", "Bavariya" va "Real" kabi jamoalarni nima birlashtirib turibdi? Yangiliklar

"Tottenxem", "Bavariya" va "Real" kabi jamoalarni nima birlashtirib turibdi?

Evropaning eng kuchli top-5 ro'yxatidagi milliy chempionatlarda chempionat qizg'in pallaga kirib bormoqda.


Kuchli-beshlikda mag'lubiyatga uchramay kelayotgan jamoalar bilan tanishtirib o'tamiz.


Angliya premer ligasining 10-turi ortda qoldi. Ushbu chempionatda hali mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan jamoa "Tottenxem" hisoblanadi.

Maurisio Pochettino boshchiligidagi "shporlar" hozirgacha o'tkazilgan 10 ta o'yindan beshtasida g'alaba nashidasini surishgan bo'lsa, qolgan 5ta bahsda durang qayd etishgan. Turnir jadvalida ham munosib tarzda 5-pog'onada borishmoqda.

Italiya A Seriyasidagi barcha jamoalar 11-turga kelib mag'lubiyat alamini tatib ko'rishga ulgurishgan.


Ispaniyada esa Zinedin Zidan boshqaruvidagi "Real" maydonni boshi egik holda tark etmayotgan yagona jamoa sanaladi.


Franciyada ham faqatgina birgina jamoa hali mag'lubiyatga uchramagan. Hozir barchaning hayoliga PSJ kelishi mumkin, yo'q, adashdingiz. Mario Balotelli to'p surayotgan "Nicca"ni hozircha mag'lub etadigan jamoa topilmayapti. "Nicca" o'tkazilgan 11 o'yinning 9tasida g'alaba qozongan va 2 marotaba durang o'ynagan. Turnir jadvali karvonboshisi ham aynan "Nicca" jamoasi bo'lib turibdi.


Bundesligada hali mag'lubiyatga uchramagan jamoalar soni boshqa ligalarga nisbatan ancha ko'p. Germaniya chempionatining 9-turidan so'ng "Bavariya" bilan birgalikda debyutant "Leypcig" hamda 29 yoshli bosh murabbiy Yulian Nagelsmann boshqarayotgan "Xoffenxaym" mag'lubiyatsiz seriyani davom ettirishmoqda.


Ushbu jamoalar mos tarzda 1, 2 va 3-o'rinlarni band etib turishibdi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика