Gyokeresh "Arsenal"da debyut qilmasidanoq rekord qo'ydi
31 iyu 13:06
Yangiliklar


Gyokeresh "Arsenal"da debyut qilmasidanoq rekord qo'ydi
Hujumchi Viktor Gyokeresh nomi tushirilgan futbolkalar "Arsenal"ning savdo rekordini yangilamoqda.
Bu haqda "The Athletic" nashri xabar berdi.
Gyokeresh darhol "kanonirlar" muxlislari sevimlisiga aylandi. Liboslar sotuvi birinchi kunida talab shunchalik yuqori ediki, hatto klub sayti ishdan chiqdi. "Arsenal" shveciyalikning ismini formalarga bepul bosib berish kampaniyasini olib bordi, bu xizmat odatda 16 funt turardi.
Viktor o'zining yangi jamoasida 14-raqamni tanladi. Bungacha "Arsenal" tarixidagi eng yaxshi to'purar, afsonaviy franciyalik hujumchi Terri Anri bu raqam ostida harakat qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar