So’nggi yangiliklar

22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  3 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  4 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  0 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  25 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  28 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3 16:53Артета Кай Хаверцнинг сирини ошкор қилди  2 16:28Эрон терма жамоаси делегацияси Тошкентга етиб келди  23 15:55Жанлуижжи Доннарумма: "Танқидлар билан ишим йўқ"  0 15:10Руни: "Эрик тен Хаг – ажойиб мураббий, аммо ҳозир қийин даврни бошдан кечирмоқда"  1

Toshkentda ilk marta "Lokobol" musobaqasining saralash bosqichi start oldi Yangiliklar

Toshkentda ilk marta "Lokobol" musobaqasining saralash bosqichi start oldi

Toshkent shahar futbol federaciyasi tashabbusi bilan har yili Rossiyada muntazam o'tkazib kelinadigan "Lokobol" bolalar turnirining saralash bosqichi start oldi.

Malumot uchun, ushbu musobaqa xalqaro festival hisoblanib 2007 yildan buyon o'tkazib kelinmoqda. Festivalning Superfinal o'yinlari "Rossiya temir yo'llari" hamda Rossiya bolalar futboli Ligasi hamkorligida tashkil etiladi.

O'tgan 11 yil mobaynida "Lokobol" musobaqasi Rossiyaning 79 shahrida o'tkazilgan bo'lib, Kamchatkadan tortib to Kaliningradgacha bo'lgan hududlarni qamrab oldi. Umumiy hisobda shu vaqtgacha mazkur turnirda 500 mingdan ziyod futbolchi ishtirok etgan.

Mana endi O'zbekiston futbol associaciasi qoshidagi Toshkent shahar futbol federaciyasi tashabbus ko'rsatgan holda Rossiya bolalar futbol Ligasining Markaziy Osiyo bo'yicha ish yurituvchisi "More futbola" kompaniyasi bilan "Lokobol" saralash turniri birinchi bosqich o'yinlariga mezbonlik qilish imkonini qo'lga kiritdi.

Umumiy hisobda mazkur musobaqaning birinchi bosqich uchrashuvlari 90ta shaharda bo'lib o'tadi. Keyinchalik 90ta chempion sakkizta hududda super FINAL chiptasi uchun bahs olib boradi. Toshkentda bo'lib o'tayotgan final g'olibi Novosibirsk shahrida, "Germaniya – 2006" hududidan joy oladi. U erga 16ta shahar chempionlari tashrif buyuradilar! Bu shaharlar orasida Toshkent ham bor!

Novosibirsk shahrida bo'lib o'tadigan 2-bosqich finaliga chiqqan ikkita jamoa MOSKVA yo'llanmasini qo'lga kiritadi! Yosh futbolchilarimiz Moskvagacha borishadi degan umiddamiz!

Toshkentda bugun start olgan "Lokobol" musobaqasining saralash o'yinlarida 12ta jamoa qatnashmoqda. Jamoalar to'rttadan 3 guruhga bo'lingan. Guruh g'oliblari hamda eng yaxshi ikkinchi o'rin sohibi yarim finalga yo'l oladi. Guruh o'yinlari 30aprelgacha davom etadi. 1 may kuni yarim final bahslari o'tkazilsa, musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvi 2 mayga belgilangan. O'yinlar "Bunyodkor" stadioni hududidagi maydonda bo'lib o'tmoqda.

Quyida 1-tur natijalarini keltirib o'tamiz:

“A” guruhi - “Bunyodkor”, “Paxtakor”-08, ROZSK, “Qo'qon-1912”.

1-tur. 28 aprel
“Bunyodkor” – ROZSK 8:0
"Qo'qon-1912" – “Paxtakor”-08 1:3

2-tur. 29 aprel
10:00. ROZSK – “Paxtakor”-08
11:00. "Qo'qon-1912" – “Bunyodkor”

3-tur. 30 aprel
10:00. ROZSK – "Qo'qon-1912"
11:00. “Paxtakor”-08 – “Bunyodkor”

“V” guruhi - “Paxtakor”, “Eden Sport”, “Chelano”, “Nasaf”.

1-tur. 28 aprel
“Eden Sport” – “Nasaf” 0:3
“Chelano” – “Paxtakor” 0:5

2-tur. 29 aprel
9:00. "Nasaf" – “Paxtakor”
9:00. “Chelano”– “Eden Sport”

3-tur. 30 aprel
10:00. "Nasaf" – “Chelano”
11:00. “Paxtakor”  – “Eden Sport”

“S” guruhi - “Spartak-Odil Junior”, “Junior Football”, “Lokomotiv”, “Bunyodkor”-08.

1-tur. 28 aprel.
“Spartak-Odil Junior” – “Lokomotiv” 0:2
“Bunyodkor”-08 – “Junior Football” 2:3

2-tur. 29 aprel
11:00. “Lokomotiv” – “Junior Football”
10:00. “Bunyodkor”-08 – “Spartak-Odil Junior”

3-tur. 30 aprel
9:00. “Lokomotiv” – “Bunyodkor”-08
9:00. “Junior Football”  – “Spartak-Odil Junior”

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика