So’nggi yangiliklar

23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  0 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  1 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  1 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  2 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  5 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  5 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  3 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  21 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3

Toshkent shahar FF Rossiyaning 1-raqamli bolalar futboli tashkiloti bilan kelishuvga erishdi Yangiliklar

Toshkent shahar FF Rossiyaning 1-raqamli bolalar futboli tashkiloti bilan kelishuvga erishdi

Rossiyaning DFL (BFL, bolalar futbol ligasi) kompaniyasi ilk marotaba Toshkent shahar futbol federaciyasi bilan hamkorlikda musobaqa o'tkazadigan bo'ldi.

Viktor Gorlov boshqaruvidagi kompaniya 1994 yil tuzilgan bo'lib, Rossiya futbol ittifoqi bilan hamkorlikda ishlaydi va uning azosi hisoblanadi. Bugunga kelib DFL, MDH va Boltiqbo'yi hamda Evropaning bir qator davlatlari bilan yaqindan aloqalarni yo'lga qo'ygan. Endi ular orasida O'zbekiston ham bor.

Tashkilot o'zining eng katta musobaqalaridan biri bo'lgan "LokoBOL"ni Markaziy Osiyo saralash o'yinlarini aynan Toshkent shahar futbol federaciyasining taklifiga binoan poytaxtimizda o'tkazadigan bo'ldi. Mazkur turnirda MDH davlatlaridan tashqari, Turkiya, Greciya, Bolgariya, Kipr kabi davlatlardan jamoalar qatnashadilar. DFL bilan bir qatorda, Toshkent shahar futbol federaciyasi tashkilotning Markaziy Osiyodagi bo'limi, "More Futbola" kompaniyasi bilan ham yaqindan aloqalarni yo'lga qo'ydi.

2008 yilda ilk marotaba tashkil qilingan musobaqaning amaldagi g'olibi Turkiyaning "Galatasaroy" jamoasi hisoblanadi. 2018 yilgi musobaqada 2007 yilda tavallud topgan jamoalar to'p tepadilar.

"Musobaqaning saralash o'yinlarini Toshkent qabul qiladigan bo'ldi. Buning uchun qozog'istonlik hamkasbim, "More Futbola" tashkiloti rahbari Aydos Kashkeevga o'z minnatdorchiligimni bildirib o'tishim kerak. Aynan uning yordamida Viktor Gorlov bilan aloqa o'rnatdik. Aprel oyining so'nggida "LokoBOL"ning Toshkent shahridagi saralash o'yinlari bo'lib o'tadi. G'olib jamoa Novosibirsk shahrida bo'lib o'tadigan ikkinchi saralash o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritadi. U erda ham g'olib chiqilsa Moskvadagi super finalga ega chiqiladi. SHu kungacha "Lokomotiv" Toshkentning 2004 yilda tavallud topgan futbolchilari 2016 yilda super finalda qatnasha olgan edilar. Lekin ular saralash o'yinlarini boshqa davlatlarda o'tkazgan edilar. DFL bilan yo'lga qo'ygan hamkorligimiz orqali O'zbekistonni Markaziy Osiyoning bolalar futbol markazi sifatida tilga tushirtirish istagi yuqori. Endi "Lokomotiv" futbol klubi va O'FA bilan hamkorlikda debyut turnirni yuqori sifatda o'tkazishimiz kerak bo'ladi", - deydi Toshkent shahar futbol federaciyasining birinchi Vice-prezidenti Nodirxo'ja Yuldashev.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика