"Torino" klubi tarbiyalanuvchisi "Andijon"ga o'tishi mumkin
20 jan 08:05
Yangiliklar
"Torino" klubi tarbiyalanuvchisi "Andijon"ga o'tishi mumkin
"Andijon" yangi mavsumga tayyorgarlikning dastlabki qismini yakuniga etkazdi.
Jamoa azolari Tojikistondagi o'quv-mashg'ulotlaridan so'ng 22 yanvar kuni Antaliyaga yo'l oladi. Jamoaning Turkiyadagi yig'inida bir nechta legionerlar taklif etilishi ko'zda tutilgan bo'lib, ulardan biri kosovolik Altin Kreziudir. Bu haqida saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarov xabar bermoqda. "Torino" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan yarim himoyachi "Andijon" safiga Albaniyaning "Lachi" jamoasidan kelib qo'shiladi. 2002 yilda tug'ilgan Kreziu faoliyati davomida "Maribor", "Tabor Sezana", "Virton", "Torino", SPAL jamoalarida to'p tepgan. Futbolchi murabbiylarda yaxshi taassurot qoldirsa shartnoma imzolashi mumkin.
Transfermarket portali uning narxini 200 ming evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar