So’nggi yangiliklar

03:29Бундеслига. "Боруссия Д" "Вердер"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  0 03:26Италия кубоги. "Рома" "Торино"ни мағлубиятга учратди  0 03:01Равшан Ҳайдаров: "Биз учун энг муҳими - кейинги ўйин. Ҳар бир ғалаба бизни чемпионликка яқинлаштиради"   1 03:00Англия лига кубоги. "Ман Сити" ярим финалнинг илк учрашувида "Ньюкасл"ни мағлубиятга учратди. Ҳусанов ўта ишончли ўйин кўрсатди  12 02:00Н'Голо Канте турк клубига ўтиши мумкин  0 01:40"Барселона" келишилган нархга Рэшфордни тўлиқ сотиб олишни хоҳламаяпти  0 01:20"Бухоро" икки нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  3 00:55"Сўғдиёна" таркибини икки нафар футболчи билан кучайтирди  0 00:29Расман: Кэррик мавсум охирига қадар МЮ бош мураббийи этиб тайинланди  2 00:15Алонсонинг ғояларини қабул қилишни истамаган футболчилар маълум (ESPN)  13 00:08Бентанкур узоқ муддатга сафдан чиқди  0 23:35Хабиб Нурмагомедов Алонсо ҳақида: "Бир йил олдин уни ялиниб-ёлвориб чақиришганди, энди эса ишдан хайдашди. Ҳаммаси талтайиб кетган болалар туфайли"  13 23:12"Насаф" Акром Комиловни ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  3 23:03Расман: Абдулазиз Абдурашидов – "Сўғдиёна" футболчиси!  0 22:20U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон - Жанубий Корея 2:0  5

"Andijon" futbolchisi: "Murabbiy bilan hammasi yaxshi ketyapti" Yangiliklar

"Andijon" futbolchisi: "Murabbiy bilan hammasi yaxshi ketyapti"

“Andijon” klubi uchun hali mavsum yakunlangani yo'q. Yaxshi bilasiz, oldinda “Burgutlar”ni OCHL 2 doirasida Qatarda “Al-Ahli”ga qarshi muhim bellashuv kutib turibdi.

Jamoamiz Toshkentda astoydil mashg'ulotlarga kirishdi. Iqtidorli futbolchilardan biri Abdurahmon Komilov ham astoydil shug'ullanmoqda. 

Aytish kerakki, u chempionatning so'nggi turida “Bunyodkor”ga qarshi g'alaba qozongan uchrashuvimizda ham yaxshi taassurot qoldirdi. 

Futbolchi klub matbuot xizmatiga intervyu berdi. 

- "Andijon" chempionatning so'nggi o'yinida Toshkentda "Bunyodkor"ni taslim qilish orqali Superligada to'g'ridan-to'g'ri qoldi va pley-offni chetlab o'tdi. Ushbu o'yindagi g'alabadan keyin katta masuliyat bajarildi va o'zingiz qanday his etdingiz?

- Assalomu alaykum! Oxirgi turdagi uchrashuvda barchasi o'z qo'limizda edi. Xudoga shukurki, bizga berilgan vazifani bajardik. O'sha o'yinda g'alaba qozondik va pley-offga qolmadik. Ushbu vazifani bajarganimizdan juda xursandmiz.

- Endi oldinda jamoamizni Qatarda "Al-Ahli"ga qarshi juda muhim o'yin kutmoqda. Bu uchrashuvda ham “Andijon”ni faqat g'alaba qoniqtiradi. Bo'lajak o'yinga tayyorgarlik qanday olib borilmoqda?

- Bu uchrashuvga kelsak, hammamiz tushunib turibmizki, g'alaba qozonsak guruhdan chiqamiz, Xudo xohlasa. Yana bir tarixni yaratamiz. Tayyorgarligimiz juda yaxshi ketyapti. Nasib bo'lsa, ushbu uchrashuvda ham g'alaba qozonib, barcha muxlislarimizni xursand qilamiz.

- Malumki, o'yin 24-dekabrda bo'ladi. Ungacha vaqt bor. Oraliq muddatning biroz kattaligi biz uchun yaxshimi? 

- Bizda chempionat tugadi. Oraliq esa biroz katta. Lekin biz hozirda yaxshi tayyorgarlik ko'ryapmiz. Oldimizda o'rtoqlik uchrashuvlari bor. Nasib bo'lsa, hammasi yaxshilikka. Muhimi, 24-dekabr kuni g'alaba qozonishimiz zarur. 

- Jamoamizga Samvel Babayan bosh murabbiy etib tayinlandi va uning debyuti aynan OCHL 2 bahsiga to'g'ri keladi. Yangi murabbiy bilan ishlash jarayoni siz uchun qanday kechmoqda?

- Murabbiy bilan hammasi yaxshi ketyapti. Berilayotgan ko'rsatmalarini bajarib, yaxshi tayyorgarlik ko'ryapmiz. Nasib qilsa, ushbu uchrashuvda g'alaba qozonamiz.

- Shuningdek, yangi mavsumda jamoaning rejalari va maqsadlari katta. Shuni hisobga olganda, yangi mavsumdan nimalar kutyapsiz?

- Ha, to'g'ri aytasiz. Yangi mavsumga rejalar katta. Yuqori o'rinlarni egallash maqsadi qo'yildi. Shu sababli “Andijon” muxlislarini xursand qilib, sovrinli o'rinlarni egallashga harakat qilamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
09 dek 19:49:45
Odiljon
Uyin.qachon
   
09 dek 13:55:05
Rafiqbek
Махалладан хайдаб юборамиз ютмасанглар (хазил)
   
09 dek 12:40:57
Saidjahon
Сохибжонов хакида кимдадир маълумот борми билганлар айтворилар.Шу боланиям олиб колиш керак.
   
09 dek 12:07:20
Fly
Abdurahmon Andijon o'g'loni, bos uka ✊️.
   
09 dek 10:49:46
Barselona92
Ayrim xoramilar ,Babayandi sokishdan to'xtamayabdi,Babayan payitida katdalarni buyrug'ini bajargan ,ey mol miyyalar sal kallani ishlatishgin ,superligada ham sudyalarni qarg'ab yotishibsan ularga buyŕuq boladi ,fotbolimiz tepasida o'tirgan rahbarlarimiz aytadi kegin shu klubga yon bosadi sudya trener bitda qo'g'irchoq.bizni xalq g'iybatchi ,haligacha Babayndi sokib yotibdi,senlar xato qimesanmi kerak bolsa har kuni qadaminda qilasan
   
09 dek 10:49:38
Фарход
ОЧЛ-2 да, биринчи Галаба козониб ва кейинги боскичга чикади Ин Шаа Аллах ( '"ИНШООЛЛОХ'"), Ал-Ахли клуби хозирда зур эмас, бемалол ютса булади
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика