So’nggi yangiliklar

00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  1 23:58Шквирин "Андижон"да  2 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  21 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  5

Toni Kroos Pedrini o'z poziciyasida eng kuchli futbolchi deb biladi Yangiliklar

Toni Kroos Pedrini o'z poziciyasida eng kuchli futbolchi deb biladi

Faoliyatini yakunlagan "Real" va Germaniya terma jamoasi afsonaviy yarim himoyachisi Toni Kroos "Barselona" yarim himoyachisi Pedrining o'yiniga qoyil qolishini bildirdi.

Kroosning takidlashicha, 22 yoshli yarim himoyachi hozirgi "Barsa"ning asosiy figurasi va zamonaviy futbolning eng qimmat futbolchilaridan biri.

"Mening fikrimcha, Pedri – o'z poziciyasida eng zo'r. Bu raqibdan qatiy nazar maydonga tushmasa, o'rni seziladigan futbolchi. U nafaqat gol uradi va uzatmalarni amalga oshiradi, balki jamoaga echimlar taklif etadi. Birgina Chempionlar Ligasida u har bir uchrashuvda raqibni o'rtacha 52 marta aldaydi, La Ligada esa 59 marta. U umumiy olsak, 11-12 himoyachini ortda qoldiradi. Bu juda katta raqam", – dedi Kroos.

"Real" sobiq futbolchisining so'zlari, ayniqsa, "Barselona"ning joriy mavsumdagi o'yinlaridan kelib chiqqan holda ramziy manoga ega. Xansi Flik boshchiligidagi jamoa allaqachon ikkita sovrin – Ispaniya Superkubogi va Ispaniya Kubogini qo'lga kiritdi. Boz ustiga, har ikki finalda kataloniyaliklar "Real"ni mag'lub etishdi (5:2 va 3:2), shuningdek, La Liga bahsida ham ishonchli g'alabaga erishdilar (4:0).

Bundan tashqari, "Barselona" UEFA Chempionlar Ligasi yarim finaliga qadar etib bordi va "Inter" bilan o'ynamoqda. Birinchi uchrashuv 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlangan bo'lsa, javob o'yini 6 maydan 7 mayga o'tar kechasi Italiyada bo'lib o'tadi.

Reyting: +11   

Fikrlar

+1   
06 may 18:19:22
WalveRine-_-6
Saytda bitta "G*ndonbek.." nikli user bolardi. Real finalda yutqazgandan beri korinmay qoldi krisa. Pedri bu mavsumda Modricni oltin topli mavsumidan yaxshiroq natijalarga erishdi deb 1 oy oldin aytganimda, qayerdagi qalang'i qasang'i ceballos bilan tenglashtirgan edi. yetmaganiga Bellingham undan yaxshiroq deb har xil funksiyali futbolchilarni solishtirgandi ongsiz. Kroosni gapidan keyin iniga yanayam chuqurroq joylashib olgandir tvar) Realni hammaga yomon korsatadigan ozi aslida klubni ayrim aqli zaif fanatlari.
+1   
06 may 16:21:18
Dostonbek Anvarov
Педри бу жавохир
+1   
06 may 16:12:31
Deny Dent
Shuni Realchilar ham tushinsa edi. Aynan sobiq Real futbolchisi tan olib turganda qayerdagi futbolni tushunmaydigan Realchilar tan olmaydi
   
06 may 22:56:50
WalveRine-_-6
G'ayrat Xudoyberdiyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Ey musurmon banda qanaqa Modrich Ronaldoniki edi oltin toʻp Ronining mexnatini unutmang banda Ronini aybi Yuvega oʻtgani edi xalos
Ey musurmon banda, gap buyerda Modric haqida emas, Pedri haqida edi. Oshanda kim haqli bolgani manga qiziqmas, Pedrini qanchalik yaxshi oyin namoyish qilayotgani haqida edi gapimning mazmuni)
   
06 may 22:52:03
G'ayrat Xudoyberdiyev
WalveRine-_-6 foydalanuvchining fikriga javob berish
Saytda bitta "G*ndonbek.." nikli user bolardi. Real finalda yutqazgandan beri korinmay qoldi krisa. Pedri bu mavsumda Modricni oltin topli mavsumidan yaxshiroq natijalarga erishdi deb 1 oy oldin aytganimda, qayerdagi qalang'i qasang'i ceballos bilan tenglashtirgan edi. yetmaganiga Bellingham undan yaxshiroq deb har xil funksiyali futbolchilarni solishtirgandi ongsiz. Kroosni gapidan keyin iniga yanayam chuqurroq joylashib olgandir tvar) Realni hammaga yomon korsatadigan ozi aslida klubni ayrim aqli zaif fanatlari.
Ey musurmon banda qanaqa Modrich Ronaldoniki edi oltin toʻp Ronining mexnatini unutmang banda Ronini aybi Yuvega oʻtgani edi xalos
   
06 may 17:49:30
Qwerty 007
Deny Dent foydalanuvchining fikriga javob berish
Shuni Realchilar ham tushinsa edi. Aynan sobiq Real futbolchisi tan olib turganda qayerdagi futbolni tushunmaydigan Realchilar tan olmaydi
Bunday fikrlar shart emas, bu gap bilan Pedrining oʻyini yanada oʻsib qolmaydi baribir.
   
06 may 17:28:03
assassin
Испания термасидаям щу Ямал билан Педри асосий уринни эгаллайди 2026 да
   
06 may 16:16:34
Ozodbek Narziyev
Deny Dent foydalanuvchining fikriga javob berish
Shuni Realchilar ham tushinsa edi. Aynan sobiq Real futbolchisi tan olib turganda qayerdagi futbolni tushunmaydigan Realchilar tan olmaydi
zur uyinchi lekin biza uchun Bellingam bundan har tomonlama ustun shu yil butun boshli Real uynolmayapti futbol 1 futbolchiga bog'lanib qoladigan sport turi emas lekin bugun Inter bilan uyinda kuramiz mahoratini
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика