Tomas Tuxel MYU bilan muzokaralardan so'ng murabbiylik faoliyatida tanaffus qilishga qaror qildi
09 iyu 21:02
Yangiliklar
Tomas Tuxel MYU bilan muzokaralardan so'ng murabbiylik faoliyatida tanaffus qilishga qaror qildi
"Bavariya" va "CHelsi" sobiq ustozi Tomas Tuxel murabbiylik faoliyatida tanaffus qiladi.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 50 yoshli nemis mutaxassisi "Manchester Yunayted" bilan ishga joylashish bo'yicha muzokaralar o'tkazdi, ammo Tuxel klubga rad javobini berdi va murabbiylik faoliyatini davom ettirish uchun yangi joy izlamaslikka qaror qildi.
SHuningdek, mankunianlarning yaqin vaqtlarda klubda ishlayotgan Erik ten Xagning kelajagi haqida qaror chiqarishi xabar qilinmoqda.
Eslatib o'tamiz, Tomas Tuxelning so'nggi ish joyi Myunxenning "Bavariya" klubi bo'lgandi.
Fikrlar