Tomas Tuxel: "Frayburg" ikkita vaziyatga ega bo'ldi va gol urdi. "Bavariya" faqatgina o'zini ayblashi lozim”
05 apr 2023 08:58
Yangiliklar
Tomas Tuxel: "Frayburg" ikkita vaziyatga ega bo'ldi va gol urdi. "Bavariya" faqatgina o'zini ayblashi lozim”
Myunxen klubi chorak finalda 1:2 hisobida mag'lub bo'lib, Germaniya kubogidan chiqib ketdi.
“Frayburg” uchrashuv davomida ikkita zarba yo'llab ikkita gol urdi. Raqibning boshqa gol urishga bo'lgan imkoniyatlarini eslay olmayman. Bizda yaxshi imkoniyatlar bo'ldi, lekin doim nimadir etishmayapti: oxirgi pas, to'g'ri qaror, aniqlik. Raqiblar juda chuqur himoyalanishdi.
Biz oldinga chiqib oldik, keyin yana 2-3 ta imkoniyatga ega bo'ldik.Bugungi mag'lubiyatga biz faqat o'zimizni ayblashimiz kerak. O'z uyida chorak final bosqichida turnirdan uchib ketish — katta xato.
Biz birga g'alaba qozonamiz va birga mag'lub bo'lamiz. Bizda vaqt kam edi, biroq bu o'zimni oqlashga imkon bermaydi. Nima xato bo'lganini tahlil qilib, keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak”, — dedi Tomas Tuxel.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar