So’nggi yangiliklar

12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  0 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  6 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  3 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  9

Tomas Tuxel Andorra va Senegalga qarshi o'yinlar uchun Angliya terma jamoasiga chaqirilgan 26 nafar futbolchi nomini aytdi. Ular orasida Touni ham bor Yangiliklar

Tomas Tuxel Andorra va Senegalga qarshi o'yinlar uchun Angliya terma jamoasiga chaqirilgan 26 nafar futbolchi nomini aytdi. Ular orasida Touni ham bor

Asosiy syurpriz o'tgan yozda "Brentford"dan Saudiya Arabistonining "Al Ahli" jamoasiga o'tgan hujumchi Ayven Tounining chaqiruvi bo'ldi.

29 yoshli Tonining Angliya terma jamoasi safidagi oltinchi va so'nggi uchrashuvi Evro-2024 finalida Ispaniyaga qarshi bahsda bo'lgandi. Touni terma jamoaga chaqiruvni "Al Ahli" safidagi ajoyib o'yinlari evaziga qo'lga kiritdi. Hujumchi bu mavsumda 42 o'yinda 28 ta gol urdi.

"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem ham elkasidan operaciya qilinishiga qaramay, Tuxaldan chaqiruv oldi. Shuningdek, Tuxel iyun oyida Klublar o'rtasidagi JCHga o'z klublari bilan boradigan boshqa bir qator futbolchilar, jumladan Harri Keyn, Koul Palmer va Konor Gallaxerni ham chaqirdi.

Aaron Remsdeyl, Ben Uayt, Mark Gexi, Jarell Kuansa, Tino Livramento, Adam Uorton, Meyson Maunt, Markus Reshford va Dominik Solanke kabilar chetda qolib ketdi.

Eslatib o'tamiz, angliyaliklar 7 iyun kuni JCH-2026 saralashi doirasida Andorra bilan mehmonda maydonga tushsa, uch kundan keyin Nottingemda Senegal bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Darvozabonlar: Jordan Pikford ("Everton"), Din Henderson ("Kristal Pelas"), Jeyms Trafford ("Byornli").

Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold ("Liverpul"), Den Byorn ("Nyukasl"), Trevo Chaloba, Levi Koluill, Ris Jeyms (barchasi – "Chelsi"), Ezri Konsa ("Aston Villa"), Mayls Lyuis-Skelli ("Arsenal"), Kayl Uoker ("Milan").

Yarim himoyachilar: Jud Bellingem ("Real"), Eberechi Eze ("Kristal Pelas"), Konor Gallaxer ("Atletiko"), Morgan Gibbs-Uayt ("Nottingem Forest"), Jordan Henderson ("Ayaks"), Kyortis Jons ("Liverpul"), Koul Palmer ("Chelsi"), Deklan Rays ("Arsenal"), Morgan Rojers ("Aston Villa"), Entoni Gordon ("Nyukasl").

Hujumchilar: Harri Keyn ("Bavariya"), Noni Madueke ("Chelsi"), Bukayo Saka ("Arsenal"), Ayven Touni ("Al Ahli), Olli Uotkins ("Aston Villa").

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика