Tomas Myuller: "Biz tezda to'pni o'z nazoratimiz ostiga olishimiz zarur"
11 mar 2014 03:30
Yangiliklar


Tomas Myuller: "Biz tezda to'pni o'z nazoratimiz ostiga olishimiz zarur"
"Bavariya" - "Arsenal" uchrashuvi oldidan bir qator futbolchilar o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishmoqda. Bu safar Tomas Myuller OAV xodimlariga o'yinga oid bazi fikrlarini bildirib o'tdi.
"Arsenal"ga qarshi qiyin o'yin kutib turibdi. Birinchi o'yindagi natija bizni havolantirib yubormasligi lozim. O'tgan yilgi o'yin barchamizga saboq bo'ldi. O'ylaymanki, boshqa bunday xatolarga yo'l qo'ymaymiz. Yani biz o'z uyimizda "Arsenal"ga (0:2) hisobida mag'lubiyatga uchrashga haqqimiz yo'q. Uchrashuv boshidan tezda to'pni o'z nazoratimiz ostiga olishimiz zarur. "Arsenal" kuchli jamoa. Ularga to'pni berib qo'yish bizni ishimizni qiyinlashtirib yuborishi mumkin. Uchrashuvda har bir qarich maydon uchun keskin kurashib, bor kuchimiz bilan harakatlanishimiz lozim. "Bavariya"ni faqatgina g'alaba qanoatlantiradi. CHiroyli yutuq orqali keyingi bosqichga yo'l olish ushbu o'yindagi asosiy maqsadimiz.

Fikrlar