Tomas Dileyni: Xorvatiya yarim himoyasida yulduzlar yig'ilgan, ammo ularning ham zaif tomonlari bor
30 iyu 2018 09:25
Yangiliklar
Tomas Dileyni: Xorvatiya yarim himoyasida yulduzlar yig'ilgan, ammo ularning ham zaif tomonlari bor
Daniya terma jamoasi azosi JCH-2018ning 1/8 finalida Xorvatiyaga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“Xorvatiya terma jamoasi meni hayron qoldirdi. Agar ularning yarim himoyasiga nazar solsangiz, u erda jahon futboli yulduzlari yig'ilganini ko'rasiz. Ammo ularda ham zaif tomonlar bor, biz esa ulardan foydalanamiz. Agar Eriksenni “Barselona”ga yuborsangiz, u o'sha erda ham porlaydi. Kristian jamoaning uchquni bo'lishi uchun biz ham xuddi Franciyaga qarshi o'ynagandek to'p surishimiz lozim. Biz allaqachon raqibga qarshi qanday o'ynash haqida bir qarorga keldik. Raqib maydonda imkoniyat hosil qila olmasligi uchun biroz ehtiyotkor o'yin ko'rsatamiz”,—dedi Dileyni.
Fikrlar