So’nggi yangiliklar

14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  0 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  5 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  8 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  0 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  5 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  3 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  2 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  5 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  9 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  7 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0

To'labek Akramov: “OCHLda kuchsiz jamoalar bo'lmaydi” Yangiliklar

To'labek Akramov: “OCHLda kuchsiz jamoalar bo'lmaydi”

Xabaringiz bo'lsa kerak, kecha OCHL-2016 o'yinlariga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Toshkentning “Lokomotiv” klubi “A” guruhidan o'rin egalladi. Xo'sh, bu borada klub bosh direktori o'rinbosari To'labek Akramovning fikri qanday? Bu haqda bilish maqsadida u kishining o'zi bilan suhbatlashdik.

- Bilasizmi nufuzi bo'yicha Osiyoda birinchi o'rinda turadigan ushbu OCHL musobaqasida kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. Unda ishtirok etuvchi klublar o'z mamlakatida bekorga yuqori o'rinlarni band etmagan deb o'ylayman. OCHL yo'llanmasi uchun har bir jamoa o'z ichki chempionatida jiddiy kurash olib boradi. Jamoamiz o'rin olgan “A” guruhiga etibor qaratadigan bo'lsak, menimcha muxlislarimizni kelasi yil qiziqarli to'qnashuvlar kutib turibdi desam mubolag'a bo'lmaydi. Raqiblar biz uchun notanish emas. Ular bilan bungacha garchi rasmiy o'yinlarda ro'baro' kelmagan bo'lsakda, sinov-nazorat o'yinlarida uchrashganmiz. Bu yilgi OCHLda guruhdan chiqa olmadik. Lekin endi bu gal yo'l qo'yilgan xatolar ustida ishlab, eng avvalo guruhdan chiqamiz deb umid qilaman. Buning uchun “Lokomotiv”da barchasi mujassam. Hammasi o'zimizga bog'liq deb hisoblayman.  

- Fursatdan foydalanib, kelasi yil xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini himoya qiladigan “Paxtakor”, “Nasaf” va “Bunyodkor” jamoalariga ham omad tilab qolaman. Zero bu klublar ham xalqaro maydonda yagona – O'zbekistonimiz bayrog'i ostida maydonga chiqadi.

Islombek Rustambekov.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика