Nazorat o'yini. Tojikiston Gongkongni mag'lubiyatga uchratdi
04 jan 2024 19:21
Yangiliklar
Nazorat o'yini. Tojikiston Gongkongni mag'lubiyatga uchratdi
Tojikiston terma jamoasi Osiyo kubogiga tayyorgarlik doirasida Gongkongga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Mazkur bahs 2:1 hisobida qo'shnilarimiz foydasiga yakunlandi.
Bellashuvning 25-daqiqasida Rustam Soirov qo'shnilarimizni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, 33-daqiqada Everton Kamargo muvozanatni tikladi. 51-daqiqada esa SHaxrom Samiev Tojikistonga g'alaba taqdim etuvchi gol muallifiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, Tojikiston Osiyo kubogi "A" guruhida Qatar, Xitoy va Livan bilan kurash olib borsa, Gongkong "C" guruhida Eron, BAA va Falastin bilan kurash olib boradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar