So’nggi yangiliklar

00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1

Tohir Kapadze: "Oloy" vakillari Farg'onaga kelishgan, lekin..." Yangiliklar

Tohir Kapadze: "Oloy" vakillari Farg'onaga kelishgan, lekin..."

Farg'onada davom etayotgan “Hokim kubogi” musobaqasida O'sh shahrining “Oloy” jamoasi ishtirok etishi ko'zda tutilgan edi.

Yakunda esa bu jamoa ushbu turnirga tashrif buyurmadi. Biz ushbu masalaga aniqlik kiritish maqsadida “Hokim kubogi” tashkiliy qo'mitasi rahbari, Farg'ona viloyati futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Tohir Kopadzega murojaat qildik.

- Tohir aka “Oloy” jamoasi nima uchun “Hokim kubogi”da ishtirok etmayapti?
- Avvalo turnirda ishtirok etayotgan barcha jamoalarga ishtiroklari uchun rahmat aytmoqchiman. Biz bu turnirni yildan-yilga nufuzini oshirish yo'lida barcha imkoniyatlarimizni ishga solmoqdamiz. Maqsadimiz Farg'onalik muxlislar qishda ham futbol havosidan nafas olishsin.


O'shning “Oloy” jamoasini ham turnirni yanada qiziqarli va murosasiz o'tishini taminlash maqsadida taklif qilgan edik. Qo'shnilarimiz ham bu turnirda ishtirok etish ular uchun ham qiziqarli bo'lishini aytib, Farg'onaga kelish uchun harakat qildilar. Hozir “Oloy” jamoasining  olti kishidan iborat delegaciyasi Farg'onada bo'lib turishibdi. Bular jamoa rahbarlari  bo'lib turnirni qanday o'tayotgani va biz ularga qanday sharoitlar hozirlaganimizni o'z ko'zlari bilan ko'rishmoqda.

O'shliklar tarkibida 8 nafar legioner futbolchilar bor bo'lib ular Afrika davlatlari, Turkiya va Tojikistondan ekan. Ana o'sha legioner futbolchilarning hujjatlari bilan bog'liq muammolar yuzaga kelganligi sababli jamoa Farg'onaga kelolmadi. Jamoa rahbarlari esa legionerlarsiz, kuchsizlangan tarkib bilan turnirda ishtirok etishni lozim topmadilar. “Oloy” jamoasining turnirda ishtirok etolmayotganidan biz juda afsusdamiz. Biz ularni kelgusi yildagi turnirlarimizga yana taklif qilamiz va albatta ularni keyingi safar ishtirok etishlariga umid qilamiz - dedi Tohir Kapadze.


Akramjon Mamadaliev suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика