So’nggi yangiliklar

20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  0 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  5 18:22"Удинезе" — "Наполи". Таркиблар маълум  0 18:08Суперлига ўтиш ўйинини ким бошқаради?  4 17:49"Манчестер Сити" ва "Тоттенхэм" ўйинлари учун таркиблар маълум  16 17:33Марко Станоевич Ўзбекистондаги фаолияти, "Насаф"дан кетиши ва унга қарши ўйнаган энг яхши футболчилар ҳақида гапирди   1 16:15"Насаф": Умар Эшмуродов билан шартнома узайтирилди  0 15:13"Гулистон" 16 декабрдан ўқув-йиғин машғулотларига киришади. Клуб президенти, директори ва бош мураббийи маълум  13 14:31"Тоттенхем" 70 миллионлик форвардни нишонга олди  4 13:57"Реал" янги ҳимоячининг трансфери бўйича келишиб олди  2 13:11"Реал" Камавингага нарх қўйди  7 12:22"Реал" "Манчестер Юнайтед"дан ҳимоячи сотиб олиши мумкин  4 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: “Сити”, “Бавария”, “Реал” ва бошқалар  0 11:34"Реал" Хаби Алонсони бугуноқ истеъфога чиқариши мумкин  31

Tohir Kapadze: “Muvaffaqiyatli o'yinlarimizning zamirida mehnatlarimiz yotibdi” Yangiliklar

Tohir Kapadze: “Muvaffaqiyatli o'yinlarimizning zamirida mehnatlarimiz yotibdi”

Bu yil birinchi liganing “SHarq” mintaqasida har yilgidan ko'ra mazmunli va ijobiy ishtirok etayotgan “Qo'qon-1912”ning qayd etayotgan natijalari tahsinga loyiq.
Sababi jamoa joriy mavsum muxlislarini quvontirmoqda. Ayniqsa jamoa boshqaruv postiga Tohir Kapadze kelganidan so'ng, natijalar ijobiy tomonga o'zgara boshladi. Ayni paytda esa “Qo'qon-1912” turnir jadvalida 2-o'ringa mustahkam o'rnashib oldi. Kuni-kecha qo'qonliklar birinchi liganing “shtatli” ishtirokchisi “Oqtepa”ni yirik (4:1) hisobda mag'lubiyatga uchratdi.

- Tohir Veysalovich, jamoa boshqaruvini qo'lga olganingizdan keyin, “Qo'qon-1912” ketma-ket g'alabalarga erishdi. Buning natijasida jamoaning turnir jadvalidagi o'rni ham tez fursat ichida ijobiy tomonga o'zgardi. Bunga qanday erishilmoqda?

 - Muvaffaqiyatli ishtirokimizning zamirida birinchi navbatda, mehnatlarimiz yotibdi deb o'ylayman. Mashg'ulotlarda rang-baranglikka qo'l urishimiz va tinimzsiz harakatlar natijasida jamoa turnir jadvalida yuqori o'rinlar uchun kurashadiganlar qatoridan joy oldi. Bunda barchaning hizmati bor. Klub rahbariyatidan tortib, futbolchilargacha.

- Jamoada ish boshlaganingizdan so'ng, futbolchilar shu kungacha qanchalik o'sishga erishdi?

- Albatta, yigitlarda skzilarli o'sish ko'zga tashlanmoqda. Buni qayd etayotgan natijalarimizdan va turnir jadvalidagi egallab turgan o'rnimizdan ham bilib olish mumkin. Bu bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz. Boisi oldinda hali ko'plab uchrashuvlar kutib turibdi. O'ylaymanki, shogirdlarim o'yindan o'yinga yanada o'sadi.

- Klubda ish boshlaganingizdan keyin, natijaning ijobiy tomonga o'zgartirish uchun ko'proq nimalarga etibor qaratdingiz?

 - Yuqorida aytib o'tganimdek, tarkibda asosan mahalliy yoshlar harakat qilmoqda. Ayni paytdagi ixtiyorimizda bo'lgan futbolchilar bilan birinchi bosqich yakunigacha ishtirok etishga majburmiz. Demoqchimanki, hozir tarkibda ko'shimcha o'zgarishlar qila olmaymiz. Jamoada dastlab futbolchilarning ruhiy xolatini yaxshilashga kirishdik. Bunday paytda yigitlarning o'z kuchlariga bo'lgan ishonchini ortishi muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa mashg'ulotlarda ham jiddiy o'zgarishlarga qo'l urdik. Maxsus dasturlar ishlab chiqqan xolda, shu tizim asosida ish olib bormoqdamiz. 

- Ikkinchi bosqich o'yinlariga tarkibni biroz kuchaytirish orqali kirishilsa kerak. Har xolda “jang”ning eng asosiysi aynan ushbu bosqichdan start olishi tahmin qilinmoqda. SHu bois aytingchi, selekciya jarayonida ko'proq qaysi chiziqlarni kuchaytirishni rejalashtirgansiz?

- Tabiiyki tarkibni kuchaytirish ishlari olib boriladi. Bu borada yangi futbolchilar asosan Farg'ona viloyatidan bo'ladi. CHetdan o'yinchi olib kelish niyatimiz yo'q. Viloyatning asosiy jamoasi “Neftchi” ikkinchi davrada tarkibini kuchaytirish uchun xorijlik futbolchilarni olib kelishi mumkin. SHunda jamoa o'yiniga mos kelmagan ayrim o'yinchilarni “Qo'qon-1912”ga jalb etish orqali safimizni kuchaytirishni o'ylab turibmiz.

- Ayni paytda qo'l ostingizda to'p surayotgan yosh futbolchilarga oliy ligadan sovchilar kelsa, ularni qo'yib yuborasizmi yoki tarkibda olib qolishga haraqat qilinadimi?
- Yo'q, agarda o'sha futbolchimiz oliy liga jamoasida o'ynab keta olishiga ishonsa unga omad tilaymiz. Futbolchimiz oliy ligada o'ynasa bundan faqat xursand bo'lamiz.
 

Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика