So’nggi yangiliklar

02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  7 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  33 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  4 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  47 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  112 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1029 20:32Шавкат Мирзиёев Жанни Инфантинога “Дўстлик” орденини топширди  17 20:26Португалиялик мураббий Озарбайжон терма жамоаси бош мураббийлигидан кетди  11 19:52CAFA Nations Cup турнирида сенсация! Ҳиндистон пенальтилар сериясига кўра Ўмондан устун келиб, 3-ўринни қўлга киритди!  16 19:13Гвардиола Абдуқодир Хусанов учун янги режа ишлаб чиқди  11 18:32ЎФА раҳбарияти Ўзбекистон МТЖга таклиф этишни хоҳламаган мураббий "Байер"ни бошқаради  11 18:04Амирҳуссайн Ҳуссайнзода: "Ҳакамлар Ўзбекистон фойдасига қарор қабул қилмоқда"  21 17:42Ахбор Имомхўжаев хотира турнири-2025. Мусобақа, жамоалар, гуруҳлар ва яшил майдонга қайтаётган юлдузлар  5 17:30Омид Нурафкан: "Ўзбекистонни икки-уч гол фарқи билан мағлуб эта оламиз"  10

Tohir Kapadze: “Boshqa klublarda ham hujum chizig'i asosiy muammo sanaladi” Yangiliklar

Tohir Kapadze: “Boshqa klublarda ham hujum chizig'i asosiy muammo sanaladi”

Kecha “Neftchi” FK davralar oralig'ida o'z safiga qo'shib olgan yangi futbolchilarning keng ommaga tanishtirish marosimini o'tkazdi.

Bundan oldinroq xabar topganimiz bois, tushlikdan so'ng Farg'ona tomon yo'lga chiqdik. Kechki soat 17:30da Qirguli mavzesidagi “Neftchi SK” stadionida boshlangan ushbu tadbirda OAV xodimlaridan tashqari ashaddiy ishqibozlar ham tashrif buyurdi.

Klub raisi Tohir Kapadze muxlislar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdi. Xususan Tohir Veysalovich ishqibozlarning hakamlar to'g'risidagi savoliga dangal va ochiq-oydin javob qaytardi. Bu esa ko'pchilik qatori bizning ham etiborimizni tortdi.

- Toshkent jamoalari o'yinlarida bunday xatoliklarni ko'rmaymiz. Nega hakamlar bu jamoadan cho'chiydimi?
- (Kulib) Agarda biz ham poytaxt klubi bo'lganimizda, bizga balki biroz engillik bo'larmidi.



- Davralar oralig'ida nega tajribali hujumchi olib kelinmadi. Masalan Anvar Berdievni qaytarishni imkoni bor ediku?
- To'g'ri, takidladingiz bugungi kunda boshqa klublarda ham aynan hujum chizig'i asosiy muammolardan biri bo'lib turibdi. Yil boshida Ro'zimboy Ahmedovdan umidimiz katta edi. Unga boshqa klublardan qiziqish bo'layotganida, ishqibozlar shaxsan o'zimga qo'ng'iroq qilib, Ahmedovni qanday bo'lmasin olib qolishimizni iltimos qilgandi. Yakunda Ro'zimboy bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildik. Ammo mana ko'ryapsiz, gollar kam. Juda kam. Yaqinda Ro'zimboyni oldimga chaqirib, qattiq gapirib, gollar juda oz ekanligini takidladim va ogohlantirdim. Sizlar duo qilinglar, hujumchilarimizni yo'li ochilsin va sermahsulligi bilan sizlarni quvontirib, jamoamizga foyda keltirsin. Anvar Berdievga keladigan bo'lsak, uning “Neftchi”ga xizmati singganligini inkor eta olmayman. Haqiqatdan ham mahoratli hujumchi. O'z vaqtida to'purarlik mahoratini namoyon etgan. Yaqinda uni ortga qaytarish uchun jamoaga taklif ham qildik. Mashg'ulotda kelib, 1-2 shug'ullandi ham. Darvozaga 18ta to'p tepdi, shundan 15tasi aniq bordi. Bundan ham bilsa bo'ladiki, Berdievning hamon yaxshi formada ekanligini. Ammo uni “Neftchi”ga qaytarish birgina mening qo'limda emas. Viloyat hokimi ham ruhsat berishi kerak edi. Agarda men “Neftchi” ishlab faoliyat yuritsam, Berdiev bilan Akmal Xolmatovni tantanali tarzda, munosib kuzatib qo'yamiz. Buni futbolchilarning o'zigi ham aytganman. Stadion xayrlashuv uchrashuvini tashkil etib, zarbof to'nni kiydiramiz va bu orqali mexnatini qadrlagan bo'lamiz.

- Rossiyalik darvozabon Evgeniy CHeremesinni O'zbekisiton fuqarosi qilishni imkoni bormi?
- Bu juda nozik va qiyin masala. Agarda bu juda zarur bo'lganida terma jamoalar markazi masalani ko'rib chiqqan bo'lardi.



- Abdumavlon Abdujalilov singari “Paxtakor”ning qolgan o'yinchilarini ham to'liq sotib olinsa bo'lmaydimi?
- Oldin sizlarga shuni aytib qo'yay. Iqtidorli darvozabon Abdumavlon Abdujalilovning transferini biz “Paxtakor”dan to'liq sotib oldik. Keyin u bilan 2,5 yilga mo'ljallangan bitim tuzdik. Keyingi yil chempionatimizda xorjlik posbon o'ynay olmaydi. SHu bois bu kelajakni o'ylab qilingan transferdir. Abbos Maxstaliev va Muhsin Ubaydullaevga kelsak, “Paxtakor”ni ularni qo'yib yubormaydi. Sotadigan taqdirda ham transfer narhini juda baland aytishi mumkin. Bu hozircha bizga to'g'ri kelmaydi. Balki ularni ham kelgusidagi to'liq “Neftchi”ga sotib olarmiz.

Tohir Kapadzening so'z boyligi yuqori va gapga chechanligi bois muxlislar bilan bo'lib o'tgan ochiq muloqotni deyarli u kishini o'zi olib bordi. So'zlashuv jarayoni ravon ekanligi klub raisini eng katta yutuqlaridan biri desak mubolag'a bo'lmaydi. Ishqibozlar tomonidan berilgan nozik va shu bilan birga murakkab bo'lgan savollarga ham Tohir Kapadze, jilmayib javob qaytargan xolda, ustalik bilan “chiqib ketdi”.

Islombek Rustambekov yozib oldi.  

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика