So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  1 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Timur Kapadzening boshi nega og'rimoqda? Yangiliklar

Timur Kapadzening boshi nega og'rimoqda?

Teglar :  Timur Kapadze
30 avgust kuni CAFA NATIONS CUP musobaqasi start olishidan xabaringiz bor.

Unda O'zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi. Vakillarimiz guruhda O'mon, Turkmaniston va Qirg'iziston bilan o'ynashadi. Ayni paytda terma jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadzeni bir qancha muammolar qiynayotgani rost.

Birinchi muammo, o'yinlar qaysi stadionda bo'ladi?

"Bunyodkor" stadioni maydoni o'sha mashhur koncertdan keyin yaroqsiz ahvolga kelib qolganidan xabaringiz bor. Hozirda Toshkentda faqat "Jar" stadionida futbol o'ynasa bo'ladi. "Paxtakor" maysasi hali tayyor emas, "Lokomotiv" stadionida hamon tamirlash ketmoqda. Musobaqani viloyatlarda tashkil etish bo'yicha muxlislar ko'p va xo'p yozishmoqda. Lekin O'FA tomonidan bunday harakat yo'q, shekilli. "Jar" stadioni avgust oyida juda katta yuklama berilmoqda. Ketma-ket futbol uchrashuvlari maydon sifatiga tasir qilmay qolmaydi albatta. Terma jamoamiz raqibga qo'shib maydon bilan ham kurashishmasa bo'lgani.




Ikkinchi muammo, jarohatlar va legionerlarning holati.


Terma jamoamizning etakchilarining ko'pida hozir jarohat bor. Rustam Ashurmatov bo'lajak yig'inga chaqirilmasligi aniq. U taxminan bir necha oy davomida tiklanish jarayonini boshdan kechiradi. Jaloliddin Masharipov ham jarohati bois "Istiqlol"ning mavsum boshidagi ikkita o'yinida maydonga tusha olmadi. Futbolchining o'zi CAFA musobaqasigacha tayyor bo'lishini va terma jamoa safida maydonga tushishini malum qildi. Oston O'runov mavsumoldi yig'inlar paytida tiklanish jarayonini o'tkazdi va faqat mavsum boshida umumiy guruhga qaytdi. 1-turda qaydnomaga kiritildi lekin maydonga tushirilmadi. Otabek Shukurov jarohatini davolash uchun malum muddat Moskvada bo'lib qaytdi va hozirda Toshkentda individual tarzda mashg'ulot olib bormoqda. Uning vaziyati ham Masharipovnikiga o'xshash, o'yin amaliyoti yo'q, lekin jarohat bilan bo'lsa ham terma jamoa uchun o'ynashga tayyor. O'tkir Yusupovda shukurki jarohat yo'q, lekin Eron chempionatining 1-turida "Fulad" darvozasini Yusupov emas boshqa posbon qo'riqladi. Yusupov bu klubga borganidan keyin doimiy asosiy darvozabonga aylanib olgandi, biroq yangi mavsum negadir boshqacha boshlandi. Ko'plab Eron nashrlari terma jamoamiz darvozaboni "Traktor"ga o'tishi mumkinligi haqida yozishmoqda. Balki transfer oynasi yopilguncha bu narsa amalga oshishi mumkindir. Abbosbek Fayzullaevda ham o'yin amaliyoti yo'q. Turk klubi faqat kecha transfer to'lovini amalga oshirdi va futbolchining hujjatini qo'lga kiritdi. Bu hujjat olinmagunga qadar Fayzullaev "Istanbul" safida maydonga tusha olmasdi. Abbos so'nggi bor 12 iyul kuni maydonga tushgandi va 11 daqiqa harakat qilgandi. Uning oxirgi to'liq o'yini esa 10 iyun kuni terma jamoa tarkibida bo'lgandi. FIFA kuniga qadar "Bashakshehir" uchta rasmiy o'yin o'tkazadi va mana shu uchrashuvlarda Abbos ko'proq o'ynaydi deb umid qilamiz.




Uchinchi muammo, Kapadze terma jamoada ishlashda davom etadimi yoki yo'qmi?


Timur aka haqiqiy vatanparvar va terma jamoa uchun har qanday sharoitda ham ishlashga tayyorligini bilamiz. Lekin istalgan odam o'z kelajagi mavhum bo'lsa, ishlashi shunchalik qiyin bo'ladi. Yoaxim Lyov O'FAga rad javobi bergani haqida xabarlar chiqdi, Slaven Bilich va Fotih Terim bo'yicha esa hozircha bunday malumotlar yo'q. Etiborlisi O'FA bu murabbiylar bo'yicha hech qanday rasmiy xabar bergani yo'q. Timur Kapadzening shartnomasi noyabr oyiga qadar tuzilganini bilamiz xolos.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика