So’nggi yangiliklar

08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  1 07:52Осиё кубоги. Бугун аёллар терма жамоамиз ЖЧ йўлланмасини қўлга киритишлари мумкин  1 05:53Ироқ чемпионати. Темировнинг бенефисига айланиб кетган баҳсда "Арбил" навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  7 01:214 йўқотиш ҳақида Тудор: "Бунинг учун ҳам йиғлаш, ҳам курашиш керак"  5 00:57Каррагер МЮ учун мос мураббий номини айтди  6 00:31Левандовски нега "Барселона"га ўтганини айтди  6 00:12Микель Артета: "Барселона" "Ньюкасл" билан ўйинда Испаниядаги каби 1000 та пас ўйнай олмади"  16 23:43"Арсенал" Райс билан музокараларни бошлади  2 23:17"Челси" футболчиси бир ўйинга четлатилди  0 22:52"Реал" ҳимоячиси сафдан чиқди  5 22:30Майкл Оуэн АПЛнинг энг яхши жамоаси номини айтди  2 22:09Лиам Росеньор: "Челси"да ҳали имкониятлар бор. ЕЧЛда 3 гол фарқидан чиқиб кетиш ҳолатлари кўп бўлган"  5 21:48Пеп Гвардиола: "Доимо "Манчестер Сити"нинг яхши бўлишини истайман"  7 21:33Ўзбекистон U-17 термаси "Оқтепа"ни мағлуб этди  1 21:10Майкл Кэррик: "Скоулзнинг танқидига эътибор бермадим"  2

4 ta seyv qilgan posbon, yirik g'alabada katta sahnaga chiqqan hujumchi, olisdan darvozani nishonga olgan yosh futbolchi - Superligada 1-tur laureatlari Yangiliklar

4 ta seyv qilgan posbon, yirik g'alabada katta sahnaga chiqqan hujumchi, olisdan darvozani nishonga olgan yosh futbolchi - Superligada 1-tur laureatlari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 1-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 1-turning eng yaxshi darvozaboni – Abdumavlon Abdujalilov ("Bunyodkor")

"Bunyodkor" ilk turda OKMK bilan bahs yuritib, minimal g'alabaga erishdi. Bu g'alabada "qaldirg'ochlar" posbonining o'rni beqiyos bo'ldi. U olmaliqliklarning 5 ta aniq zarbasidan 4 tasini bartaraf etishga erishdi, shulardan yarmi o'ta xavfli vaziyatlar sirasiga kirardi. Shunday qilib, Abdumavlon Abdujalilov Championat.asia ijodkorlari tomonidan tur darvozaboni deb topildi.


Championat.asia sayti talqinida 1-turning eng yaxshi murabbiyi – Timur Kapadze ("Navbahor")

"Navbahor" dastlabki turda "Dinamo" mehmoni bo'lib, 2:1 hisobida zafar quchdi. Timur Kapadze mazkur baxs uchun to'g'ri taktikani tanladi va namanganliklarni oldinga boshladi. U tarjribali Vadim Abramov jamoasini engish orqali tur murabbiyi sifatida etrof etildi. 


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 1-turning eng yaxshi futbolchisi – Dragan Cheran ("Andijon")

"Andijon" ushbu turda "Bobur Arena"da "So'g'diyona"ni 4:0 hisobida dog'da qoldirdi. Tajribali hujumchi Dragan Cheran mazkur uchrashuvda 70 daqiqa harakat qilib, birinchi gol urilishida jonbozlik ko'rsatdi va uchinchi golni esa aynan o'zi urdi. Uning maydondagi samarali harakatlari g'alabada muhim rol o'ynadi. Shu tariqa, Championat.asia xodimlari 38 yoshli futbolchini tur futbolchisi nomiga loyiq ko'rdi. 


Championat.asia sayti talqinida 1-turning eng chiroyli goli muallifi – Narimon Ahmadjonov ("Bunyodkor")

Yuqorida yozib o'tganimizdek, "Bunyodkor" bu turda OKMKni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Qanot futbolchisi 63-daqiqada olis masofadan chap oyoqda darvozaning yuqorisini poyladi — raqib posboni zarbani bartaraf etishda shunchaki ojiz qoldi. Shu tariqa, 20 yoshli o'yinchi turning eng chiroyli goli muallifi deb topildi.



Reyting: +3   

Fikrlar

+1   
02 mar 15:39:35
David Terezege
Chujalarni kuzda sanemiz bu yil qiziqarli mavsum buladi.
Xozir oldigide emas osonlikcha chempion bulomedi xech kim
   
03 mar 00:15:42
насрилло
Насаф собик уйинчиси тур футболчиси!!! Факат КОЙИЛ колиш керак менимча!!!
-4   
02 mar 15:20:24
Bahodir
Yana qaytaraman 1 turdan 5-6 turgancha baʼzi jamoalar tepada yuradi keyin hamma öz örniga tushadi Nasaf va Pahtakor tepaga chiqvolishadi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика