So’nggi yangiliklar

01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  0 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  2 23:45Италия - Исроил  4 23:45Бельгия - Франция  0 23:45Германия - Нидерландия  2 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  12 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  6

Timur Kapadze: "Eng asosiy maqsadimiz 2024 yilgi Olimpiadaga yo'llanma olish" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Eng asosiy maqsadimiz 2024 yilgi Olimpiadaga yo'llanma olish"

U-23 Osiyo chempionati saralashi doirasidagi Toshkentdagi o'yinlardan oldin matbuot anjumanlari bo'lib o'tdi.

"Assalomu alaykum. Saralash bahslari o'zimizda o'tayotgani yaxshi. To'g'ri saralashdagi natijalar biz uchun muhim emas. Bu o'yinlar orqali o'zimizni tekshirish uchun yordam beradi. Hozir qaysi darajada ekanligimizni tekshirib olamiz. Ertaga kuchli jamoalardan biri Saudiya Arabistoniga qarshi o'ynaymiz va 3 ochko olishga urinamiz", - deb gap boshladi Timur Kapadze.

"Ertaga bizni judayam qiyin o'yin kutib turibdi. Bu jamoaga qarshi uchinchi marta o'ynayman. Jang qilishga va yutishga tayyormiz. O'ylaymanmki bizda g'alaba ruhi bor", - dedi Jasur Jaloliddinov.

- "Nasaf"ning OFK kubogi finaliga chiqishga rejalaringizga qanchalik tasir qildi.

- Bu katta tasir qilgani yo'q. Bundan xursand bo'ldik. "Nasaf"ga finalda omad tilaymiz. To'g'ri agar finalga chiqmaganda Husayn Norchaev biz bilan bo'lardi. Lekin hujumda boshqa futbolchilar bor va bu fojea emas.




- Saudiya Arabistonining bu avlodi sizga notanish emas. Alohida motivaciya ham bormi?

Jasur Jaloliddinov: - Albatta, qura tashlanganidayoq bu haqda o'ylay boshlaganman. Bosh murabbiyimiz bizga Saudiya Arabistonini hozirdan yutishni boshlashimiz kerakligini takidladi. Kelajakda ham baribir bu jamoa bilan ko'p to'qnash kelamiz.

- Saralashda ikki yosh kichik futbolchilar bilan o'ynash qanchalik to'g'ri deb o'ylaysiz?

- Eng asosiy maqsadimiz baribir 2024 yilgi Olimpiadaga yo'llanma olish. SHu bois yoshroq yigitlar bilan qatnashamiz va keyingi yil Toshkentda o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorlanamiz.

- Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi juda tajribali, u jamoani Tokiodagi Olimpiadaga olib chiqqan. Raqobatdan qo'rqmayapsizmi?

- Tajriba qachon to'planadi? Mana shunday xalqaro o'yinlar orqali yig'iladi. SHunday ekan biz hech kimdan qo'rqmaymiz, aksincha tajriba to'playmiz.



- Uchrashuvlarga kirish bepul qilib qo'yildi. Muxlislarga qanday tilaklaringiz bor? 
Timur Kapadze: - Futbol muxlislar uchun. Terma jamoamiz o'yinlariga doim muxlislar kelishgan. To'g'ri ish kuni, soat 15:00dagi o'yinga ko'pchilik kelmasligi mumkin, ammo baribir fidoyi muxlislar kelishadi deb o'ylayman.

Jasur Jaloliddinov: - Saudiya Arabistoniga qarshi safarda o'ynaganimizda muxlislar to'la stadionda o'tgandi. Ularning bosimi ham tasir qilgan. SHunday ekan ertaga ham muxlislarimizdan kelib bizni qo'llab turishlarini so'rayman.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика