So’nggi yangiliklar

14:4938 ёшли Кавани фаолиятини тугатмаган. Ҳаммаси 28 декабрь ҳазили бўлиб чиқди  1 14:22Владимир Йовович "Андижон"га ўтадими? Футболчининг ўзи жавоб берди  1 13:55Манба: Суперлига-2026да апрель ойи ҳақиқий "боксинг дэй"га айланади  7 13:29U-23 Осиё Кубоги олдидан: рақиблар ва имкониятлар  5 13:07Кавани бутсаларини михга илди  17 12:40"Қўқон-1912" қисқа муддатли таътилга чиқди  1 12:16Уоткинс: "Эмери — тактик даҳо"  4 11:48Одил Абдумажидов: "Андижонда – яқинларим кўз ўнгида тўп тепиш бошқача завқ бағишлайди"  0 11:21Каннаваро Ўзбекистон МТЖ футболчисининг ўйинини стадиондан томоша қилди  6 10:55"Хоразм" яна уч нафар футболчиси билан янги шартномалар имзолади  5 10:31"Нефтчи" яна уч нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  9 10:16Трансфермаркт нашри 2025 йилда энг кўп нархи тушган футболчилардан иборат рамзий терма жамоани тузиб чиқди  0 09:50"Сепахон" менежери Игорь Сергеев ҳақидаги саволга жавоб берди  5 09:23Туркия Суперлигаси. Шомуродов яна бир кўрсаткичда етакчилик қилмоқда  4 08:56Ўзбекистон МТЖ ЖЧ олдидан сўнгги йиғинини қачондан бошлаши маълум  3

Jaloliddin Masharipov: "Muxlis bilan urushmadim, aksincha, bizni qo'llab-quvvatlanglar dedim" Yangiliklar

Jaloliddin Masharipov: "Muxlis bilan urushmadim, aksincha, bizni qo'llab-quvvatlanglar dedim"

O'zbekiston termasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov Eronga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

- Guruhdagi eng kuchli ikkita terma o'ynadi. Asosiy vazifa - g'alaba edi. Eronni yutib, muxlislarni xursand qilmoqchi bo'lgandik. Lekin muhimi birinchi o'rinda qoldik. Xudo xohlasa, jahon chempionatiga chiqqunimizcha shu o'rinni ushlab qolmoqchimiz. 

- Birinchi daqiqalarda yiqilib tushdingiz-ku, o'shanda inerciya orqali yiqildingizmi yoki kontakt bo'ldimi?

- Kontakt ham bor edi. Lekin bu vaziyatni ko'rishim kerak.

- O'yindan keyin muxlislar bilan tortishib ketdingiz.

- Yo'q, bir muxlis futbolchilarga qarab, ko'p baqirdi. Nega norozi bo'lasizlar, oddiy termaga qarshi o'ynamadik, aksincha bizni qo'llab-quvvatlanglar deb aytdim. CHunki yigitlar bugun 100 foiz borini berdi va poziciyani ushlab qolish uchun qo'lidan kelgancha harakat qildi. 

- Bobir Abdixoliqov maydonga tushganida balki termamiz g'alaba qozongan bo'larmidi?

- Xudoni aytgani bo'ladi. Agarda peshonada g'alaba yozilgan bo'lsa, Bobirsiz ham yutgan bo'lardik. 

- BAAga qarshi o'yindan nima kutyapsiz?

- SHu kuni ham faqatgina 3 ochko uchun maydonga tushamiz.

- Hakamlik haqida nima deya olasiz?

- O'yin videosini ko'rib chiqishimiz kerak. Bir-ikki vaziyatlarda o'yinni to'xtatganini hisobga olmasak, bugun u o'yinga qo'yib berdi.

- Abbos Fayzullaevning chiqib ketgani qanday qaror bo'ldi?

- Endi kim zaxiraga olinishini biz aytmaymiz. Buni murabbiylar hal qiladi. O'rniga Oston tushdi. Agarda u yuz foiz tayyor bo'lganida termaga katta effekt berardi. 

- Srechko Katanec o'yindan oldin onlayn tarzda suhbat olib bordimi?

- Albatta, o'yindan oldin onlayn tarzda barchasini aytib turdi.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика