So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  4 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  6 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  3 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  8 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  15 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  29 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Timur Kapadze: "Bu g'alaba hammamizniki" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Bu g'alaba hammamizniki"

O'zbekiston termasi bosh murabbiyi Timur Kapadze BAAga qarshi o'yindan keyingi hissiyotlari bilan bo'lishdi.

- Hudoga shukur, uzoq yo'l bosib kelib, muhim natijani qo'lga kiritdik. Butun xalqimizni, Yurtboshimizni tabriklaymiz. Bu g'alaba hammamizniki. Kecha, bugun telefon tingani yo'q, hamma bizni qo'llab-quvvatlashini, duo qilishini aytdi, g'alaba tilaklari biz uchun juda katta ishtiyoq bo'ldi. Futbolchilarim har bir o'yinda iroda ko'rsatishdi, maksimal harakat qilishdi, shu sababli natijaga erishdik. Hammamizga bu kun muborak bo'lsin. Bizga ham ozgina etishmasdi, hech bo'lmasa muzqaymoq eb kelishni istardik. Shukur, mana biz jahon chempionatiga chiqdik, xalqimiz borib, bemalol muzqaymoq eydi. 

- Qaysining bosimi kattaroq bo'ldi: Olimpiadaga olib chiqqan o'yinmi yoki bugungisi?

- Baribir olimpiya termasi milliy termadan bitta pog'ona pastda. Lekin o'sha o'yinning ham bosimi katta edi. Milliy terma mamlakatning eng katta jamoasi, demak, masuliyat ham shunga yarasha.

- Terma jamoani shunday paytda qo'lingizga olishingizning o'zi ham katta risk edi.

- Peshonada bor ekan. Shu kun menga nasib qildi. Hudoga shukur qilaman. Olimpiada chiqqanimizda ham o'z yo'limdan borganman. 

- Endi Qatarga qarshi bahs katta bayramga aylanadi.

- Albatta, bu o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.

- Kam o'ynaganlarga imkoniyat berasizmi?

- Ko'ramiz, jamoaning kayfiyatiga qaraymiz. Hozir bu haqida gapirish juda qiyin. Hozir futbolchilarda kayfiyat ancha yuqori. Buni erta-indin o'ylab ko'ramiz. Chunki o'sha payt hissiyotlar kamroq bo'ladi va yaxshiroq o'ylash mumkin bo'ladi. 

- O'zingizdan qanchalik masuliyat echildi?

- Katta bosimni engib o'tdik. O'yindan oldin barcha saytlar, muxlislar g'alabamizni taxmin qilishdi. Bu ishtiyoq bo'lgani bilan katta yuk ham. Buni oqlashimiz kerak edi, bosim bor edi va vazifani uddaladik.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика