So’nggi yangiliklar

00:43Футзал бўйича Осиё ёшлар ўйинлари: Ўзбекистон ярим финалда Эрондан 14 та тўп қабул қилиб олди  5 23:28"Интер" дарвозабони 81 ёшли нафақахўрнинг ҳаётига зомин бўлди  1 22:43"Ал Насср" — "Ал Иттиҳод". Таркиблар маълум  2 22:28Артём Филипосян: "Финалда кучли жамоа ғалаба қозонсин"  0 22:04Камолиддин Тожиев эртага Бахтиёр Ашурматов ва Миржалол Қосимов қаторидан жой олиши мумкин  1 21:32ЎФА Рўзиқул Бердиев бўйича суриштирув ўтказади  52 21:16Игорь Сергеев: "Финалдан олдин кўп гапириб юбориш яхши эмас"  6 20:48Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди  41 20:28Марказий учрашув қаҳрамони бўлган дарвозабон, дублга эришган 18 ёшли футболчи, олис масофадан дарвозани ишғол этган вингер — Суперлигада 26-турнинг энг яхшилари  1 20:02Пўлатов, Ахроров, Каримов, Кенжабоев, Кривокапич... Суперлига 26-тур рамзий терма жамоаси  0 19:54"Бухоро"нинг Ўзбекистон Кубоги финалидан олдинги расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 19:48Фарҳод Нишонов: "Насиб қилса, Суперлигага чиқамиз"  1 19:40Камолиддин Тожиев: "Менсимаслик бўлиши мумкин эмас. Жаҳонгир ака сафарга кетганлар, эртага финалга етиб келар эканлар"  10 19:35Артём Петросян: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 19:20Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Корея билан ўртоқлик учрашувларида қатнашади  2

Timur Kapadze: "Birinchi o'rindagi "Navbahor"ga bunchalik vaqtni cho'zish yarashmaydi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Birinchi o'rindagi "Navbahor"ga bunchalik vaqtni cho'zish yarashmaydi"

Coca Cola O'zbekiston kubogi nimchorak finalidan o'rin olgan "Olimpik" – "Navbahor" (0:1) bahsidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

- Yaxshi o'yin bo'ldi. Afsuski mag'lubiyatga uchradik. SHunga qaramasdan bugun yigitlar yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Golni ham o'zimizga o'zimiz olib keldik. Sovg'a qildek desak ham bo'ladi. "Navbahor"dagi tajribali futbolchilar bu imkoniyatdan foydalanishdi. Ikkinchi taymda yaxshi o'yin ko'rsatdik, vaziyatlar yaratdik. Ammo gol urolmadik. Statistikaga etibor bersak, darvozamiz tomon yo'llangan yagona aniq zarba ham golga aylandi. Bu yoqimsiz holat, albatta. Umuman olganda bu o'yin yigitlar uchun yaxshi tajriba bo'ldi. Boshqa jamoalarga ham bizga qarshi o'ynash foydali bo'lmoqda. "Navbahor"ni tabriklayman. Albatta, muxlislarimizga ham rahmat. Muxlislar orttirishga ham ulguribmiz, menimcha. Ular bizning o'yinni ko'rgani stadionga kelishmoqda. Afsus, ularni bugun xursand qila olmadik. Umuman olganda, hammasi yaxshi. 

- Ikkinchi bo'limda "Olimpik" o'yinga temp qo'shdi. Ikkita penalti qo'yilishi mumkin bo'lgan epizod. Ushbu vaziyatlarga fikringiz qanday?

- To'g'risini aytsam, o'sha vaziyatda menga penalti bordek tuyildi. Hali takroriy vaziyatlarni ko'rmadim. Hakam vaziyatga yaqinroq turgandi. Hozir bir narsa deyish qiyin. Futbolchimiz "o'xshata olmabdi" deb qo'yaqolamiz.

- "Navbahor"ning bitta aniq zarbasi haqida gapirdingiz. Biroq "Olimpik" ham birinchi bo'limda birorta aniq zarba bera olmadi. Bu raqib sizni yaxshi o'rganganidan dalolatmi yoki taktikangiz ishlamaganini bildiradimi?

- Ko'rganingizdek raqib ko'pchilik bo'lib himoyalandi. Bu vaziyatda bo'shliqlar topish qiyin bo'ldi. Sabab shunda. SHunga qaramasdan, biz bugun g'alaba qozonish uchun kerakli vaziyatlar yaratdik. Ikkinchi bo'limda golga tortadigan ikkita yaqqol vaziyatimiz bor edi. Raqib himoyachilarining jismoniy holati ham yaxshi edi. Ular tajriba tarafdan ham ustun edilar. Ammo futbolchilarimiz ulardan jismoniy taraflama ustun bo'ldi.

- "Navbahor" bugungi kabi zerikarli o'yin ko'rsatishini oldindan kutganmidingiz? Vaqt cho'zish, sababsiz erga yotib olishlar va hakazo. O'tkir Yusupov ikkinchi bo'lim boshida to'pni shunchaki o'yinga kiritish uchun ham deyarli bir daqiqa vaqt sarfladi...

- "Navbahor" hozirda birinchi o'rinda ketmoqda. CHempionlikni maqsad qilgan jamoa bundan yaxshiroq o'yin ko'rsata olardi. Yani vaqt cho'zmasdan harakat qilsa bo'lardi. Ayniqsa biz kabi yosh jamoa bilan. To'g'ri, ular natija uchun o'ynashdi. Bu ularning ishi, albatta. Ammo birinchi o'rinda ketayotgan jamoaga bunchalik vaqtni cho'zish yarashmaydi. "Navbahor" darvozadan to'pni o'yinga kiritgan har bir holatda biz 30-40 soniya yo'qotdik. Ular to maydonning ikkinchi tomoniga o'tib, to'pni darvozabon o'yinga kiritguncha juda ko'p vaqt sarflandi. Birinchi bo'lim deyarli shu bilan o'tdi, menimcha. Albatta, bunga o'zimiz aybdormiz. Biz bunga yo'l qo'ymasligimiz lozim edi. Birinchi bo'limda bu borada ko'p xatoga yo'l qo'ydik. Bundan esa faqat "Navbahor" yutdi. Menga qolsa, albatta "Navbahor" kabi jamoa vaqt cho'zmasdan o'ynagani maqul. Istalgan fol vaqt sarflanishiga olib kelmoqda. Agar biz futbolimizdagi tempni ko'tarish niyatida bo'lsak, tezroq o'ynashimiz lozim. Albatta, "Navbahor" g'alaba uchun harakat qildi.

- Hujumlarda oxirgi nuqtani qo'yish uchun nima etishmadi deb o'ylaysiz?

- Qaerdadir shoshilishmoqda, qaerdadir aniq zarba uchun maxorat etishmayapti. Bu albatta yosh bilan bog'liq va normal holat. Lekin istalgan tajribali futbolchining ham bu kabi vaziyatlarda aniq harakat qilishi kafolatlanmagan. Gol urishimiz kerak degan bosim albatta bazi vaziyatlarda halaqit beradi. SHu o'rinda "Navbahor" himoyachilarini ham etirof etish kerak. Ular bugun bizga imkoniyat bermaslikka harakat qilishdi. 

- "Olimpik" birinchi bo'limda ko'proq uzun paslar bilan o'ynadi. Ikkinchi bo'limda esa qisqa paslar ko'paydi. Bu sizning topshiriqmidi?

- O'yinni yaxshi boshlagandik. Ammo goldan keyin siz aytgandek uzun paslarga o'tdik. Bu "Navbahor"ga qo'l keldi. Birinchi bo'limda ushbu xatolarni to'g'rilashga harakat qildim. Biroq yigitlar buni eshitishmadi. Ikkinchi bo'limda esa buning keragi yo'qligini va to'pni shunchaki yo'qotayotganimizni yigitlarga tushuntirdim.  

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика