So’nggi yangiliklar

13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   7 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  4 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  11 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  5 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  11 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  23

"Tezkor studiya": Bundesliga muhokamasi bilan boshlangan dasturda kutilmagan mehmonlar tashrifi va barcha kutgan mavzu ko'tarildi Yangiliklar

"Tezkor studiya": Bundesliga muhokamasi bilan boshlangan dasturda kutilmagan mehmonlar tashrifi va barcha kutgan mavzu ko'tarildi

Biroz avval saytimizning "Tezkor studiya" dasturida ayni paytda aktual bo'lib turgan va barcha intiqlik bilan kutayotgan katta futbol muhokamasi bo'lib o'tdi.

Dasturning asosiy mavzusi sifatida tanlangan Bundesliga restarti batafsil muhokama qilindi. Dastur mehmonlari sifatida qatnashgan saytimiz marketologi Alisher Xolmatov, jurnalist Tolibjon Qosimov hamda Germaniya futboliga ixtisoslashgan ijodkor SHahboz Beg'amov va boshlovchi Kamoliddin Alimov ishtirokida karantin davridagi Germaniya chempionatining tiklanishi va ligadagi intrigalar haqida so'z bordi.

Dastur o'rtasiga yaqin studiyaga kutilmagan mehmon sifatida taniqli jurnalist Saidolim Turdiboev qo'shildi. SHundan so'ng mavzu Bundesligadan Angliya premer ligasi, karantin davridagi muxlislarsiz futbol qay darajada qiziq bo'lishi va saytimiz asoschisi Gayrat Xasbiulin tomonidan yangragan bazi insayd xabarlar mavzuni o'zgartirib yubordi.

Dastur davomida barcha o'zbekistonlik futbol muxlislari kutayotgan xabar, yani Eldor SHomurodov oldida turgan variantlar, xususan La Liganing nomdor jamoasi tomonidan yuborilgan va "Rostov" stolida turgan rasmiy taklif va Bundesliga varianti orasidan qay bir tanlov SHomurodov uchun to'g'ri bo'lishi muhokama qilindi.

Qizg'in kechgan suhbatga O'zbekiston terma jamoasi hamda "Paxtakor" klubi darvozaboni Eldorbek Suyunov qo'shildi. Muxlislardan kelgan savollar ichidan "Paxtakor" va hakamlar o'rtasidagi keskin savolga Suyunov noodatiy tarzda javob berdi. Dastur yakunida esa Suyunov "Tezkor studiya" boshlovchisi Kamoliddin Alimovga o'ziga xos taklif bilan murojaat qildi.

Qisqasi, 2 soat davom etgan "Tezkor studiya"ning mazkur dasturi Bundesliga restarti, karantin davridagi futbol, insayd malumotlar, Eldor SHomurodov Evropaning kuchli-beshlik chempionatiga ketishi haqida hamda boshqa qator mavzularda qizg'in suhbat va muhokamalar bo'ldi.

Quyida "Tezkor studiya" dasturini tomosha qilishingiz mumkin.



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика