"Tez orada uni yana katta klubda ko'ramiz"
30 okt 2024 18:52
Yangiliklar
"Tez orada uni yana katta klubda ko'ramiz"
"U mening vatandoshim, shuning uchun bu vaziyatni engil qabul qila olmadim. Biz murabbiylar bunday bo'lishi mumkinligini bilamiz, lekin qachon sodir bo'lishini... Uni sal pal bilaman. U o'z ishiga qancha kuch sarflashini bilaman. Bu yangilik unga zarba bo'ldi, albatta.
Biz niderlandiyalikmiz va u "Ayaks"da juda yaxshi ishlagani hamda bu erda ikkita sovrin yutganini bilamiz. SHuning uchun tez orada uni yana katta klubda ko'ramiz deb o'ylayman.
Ammo hozir u va uning oilasi uchun bu... Fojia - ehtimol juda kuchli so'zdir, lekin bu katta umidsizlik", - dedi "Liverpul" bosh murabbiyi.
Ten Xag 2022 yilning may oyidan beri "Manchester Yunayted"ni boshqarib kelayotgan edi. 2022/23 yilgi mavsumda u MYU bilan Angliya Liga kubogini qo'lga kiritdi va APLda 3-o'rin bo'ldi, o'tgan mavsumda esa Angliya kubogida zafar quchdi hamda APLda 8-pog'onani band etdi. Joriy mavsum esa jamoa Premer ligada 14-o'rinda bormoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar